TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Falastin xalqini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
“Isroilning shafqatsiz hujumlari ostida omon qolish uchun kurashayotgan G‘azo xalqini qo‘llab-quvvatlashimizga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi,” dedi Erdo'g'an.
Erdo‘g‘an Falastin xalqini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Prezident Erdog'an Anqara shahrida, Turkiyaning yangi Tashqi Ishlar vazirligi kampusining birinchi g'ishtini qo'yish marosimidagi nutqi davomida, 2025-yil 17-sentabr. / AA
18 сентябр 2025

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash va G‘azoga qarshi davom etayotgan Isroil hujumlarini qoralash haqida nutq so‘zladi.

“Quddusni nopok qo‘llar bilan bulg‘ashga yo‘l qo‘ymaymiz, garchi Gitlerni maqtovchilar g‘azabi hech qachon to‘liq so‘nmasligini bilsam ham,” dedi Erdo‘g‘an chorshanba kuni Anqarada Turkiya Tashqi ishlar vazirligining yangi binosining tamal toshini qo‘yish marosimida.

Prezident “Sharqiy Quddusdagi huquqlarimizdan bir qadam ham ortga chekinmaymiz,” deb va’da berdi.

“Aybsiz bolalar hayoti evaziga zulm va genotsid bilan xavfsiz kelajak qurmoqchi bo‘lganlar o‘z to‘kkan qonlarida cho‘kib ketadi”,- deydi Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘an Turkiya “Isroilning bosqinchilik harakatlaridan aziyat chekayotganlar bilan, Suriyadan Yamangacha, Livandan Qatargacha, to‘liq birdamlikda bo‘lishda davom etadi,” deb ta’kidladi va Anqaraning G‘azoga bo‘lgan sadoqatini yana bir bor tasdiqladi.

“Isroilning shafqatsiz hujumlari ostida omon qolish uchun kurashayotgan G‘azo xalqini qo‘llab-quvvatlashimizga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi,” dedi u.

“Kunimizda ham, kelajakda ham mintaqamizni qon dengiziga aylantirishga urinayotganlarga, geografiyamizda beqarorlikni kuchaytirayotganlarga qarshi qat’iy turamiz,” deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.