«New York Times» (NYT) gazetasining ismi oshkor etilmagan AQSh rasmiylari bayonotlariga asoslangan xabarida, AQSh armiyasiga tegishli uchta aviatashuvchi kema Yaqin Sharqqa yetib kelish arafasida ekani bildirildi.
Xabarda, Trampning ko‘rsatmalariga binoan armiya Eronning uchuvchisiz uchish apparatlari va raketa arsenali, energetika obyektlari hamda boshqa harbiy nishonlariga hujum rejalarini tayyorlayotgani da’vo qilindi.
Taxminan uch kun davom etishi aytilayotgan hujumlarda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining qo‘mondonlik markazlari va qarorgohlari ham nishonga olinishi mumkinligi ilgari surildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 3-noyabrdagi Kongress oraliq saylovlarigacha Eronga hech qanday hujum uyushtirmasliklarini e’lon qilgan edi.




















