AQSh davlat kotibi Marko Rubio Eron kelishuv tuzishga tayyor emasligini ta'kidlab, "Ular buning badalini to‘lashda davom etadi va har kecha bu badal tobora ortib bormoqda. Hozir aynan shunday bo‘lmoqda" - dedi.
Rubio bu fikrlarni Filippinda bo‘lib o‘tgan ASEAN Tashqi ıshlar vazirlari kengashining 59 -yig‘ilishi doirasida jurnalistlar savollariga javob berayotgan bir paytda qayd etdi.
Uning iddao qilishicha, Eron AQShdan kelishuv tuzish uchun ham bevosita, ham bilvosita yo‘llar orqali iltimos qilmoqda.
"Eron bilan bog‘liq muammo shundaki, ular har safar biror kelishuvga erishganida, u yerdagi mas'ullar uni yo buzadi yoki o‘zgartirishga urinadi. Bu esa ularning kelishuvga tayyor emasligidan daloat bermoqda. Shunday ekan ular buning badalini to‘lashda davom etadi va har kecha bu badal tobora ortib bormoqda. Hozir aynan shunday bo‘lmoqda" - degan ifodalarga o‘rin berdi Rubio.
shunday bo‘lmoqda," dedi Rubio.
Rubio, shuningdek, Eron o‘z harakatlari uchun "og‘ir badal" to‘layotganini iddao qilib, quyidagilarni ifoda etdi:
"Ularning mudofaa sanoati infratuzilmasi vayron bo‘ldi. Har kecha uchirish maydonchalari va radarlarini yo‘qotmoqda. Milliardlab dollar ziyon ko‘rmoqda, iqtisodiyoti esa og‘ir ahvolda. Shunday bo‘lsa - da, bu odamlar har kuni biz bilan bog‘lanib, kelishuv tuzishni so‘rayapti. Ular bizga va uchinchi davlatlar orqali xabar yubormoqda. Endi xabar yuboradigan davlat ham qolmadi".
AQSh davlat kotibi Eron rahbariyatini o‘z mamlakatini "vayron qilganlikda" ayblab, Eron katta salohiyatga ega davlat ekani ammo mablag‘larini rivojlanishga emas, balki "Hizbulloh", HAMAS, husiylar va shia qurolli guruhlarini qo‘llab - quvvatlashga sarflayotganini ilgari surdi.
U bu haqida: "Eron boy davlat. Agar istasa, Yaqin Sharqdagi eng boy mamlakatga aylanishi mumkin. Ammo buning o‘rniga pullarini Hizbulloh, HAMAS, husiylar va shia qurolli guruhlariga bermoqda. Dunyoning turli joylarida terrorizmni qo‘llab - quvvatlayapti. Odamlarni o‘ldirish uchun mablag‘ sarflayapti, dronlar va raketalar ishlab chiqarmoqda hamda yadroviy qurol dasturini davom ettirmoqda" - dedi.
Jurnalistlardan biri "Sizlar Eronda rejim almashishini xohlaysizmi?" degan savolni berganida, Rubio qisqa javob qaytardi:
"Biz Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lmasligini istaymiz."



















