Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyevning chorshanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra Rossiyaning g‘arbiy sohilidagi Novorossiysk shahrida Ukrainaning insonsiz havo transportlari hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ular orasida bir nafar yosh bolaning ham borligi qayd etildi.
Novorossiysk meri Andrey Kravchenko chorshanba kuni erta tongda bergan bayonotida, insonsiz havo transportlari parchalari turli korxonalar hududlariga va aholi yashaydigan binolardan birining yaqiniga tushganini ifoda etdi.
Shu bilan birga Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni alohida bayonot berib, urushni yakunlashga qaratilgan diplomatik sa’y - harakatlar davom etayotgan bir paytda, Moskva bilan Kiyev hujumlarni davom ettirayotgan sharoitda, Rossiya kuchlari tun davomida Ukrainaning 596 ta insonsiz havo transportlari urib tushirganini ma’lum qildi.
Mintaqa gubernatorining bayonotiga ko‘ra tun davomida Ukraina tomonida ham qurbonlar bo‘lgan. Moldova chegarasidagi Starokozache xalqaro nazorat - o‘tkazish punktiga Rossiyaning insonsiz havo transportlari kelib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi.
Odessa viloyati gubernatori Oleg Kiper ijtimoiy tarmoqdagi postida: «Bu tun dushmanning insonsiz havo transportlari Moldova chegarasidagi Starokozache xalqaro avtomobil yo‘li nazorat - o‘tkazish punktiga hujum qildi» - deya ma’lum qildi. U dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra nazorat punkti yaqinidagi tinch aholidan ikki kishi halok bo‘lgani, uch kishi esa yaralanganini bildirdi.
Hujumlar Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Tramp mojaro yechimini topish bo‘yicha sa’y - harakatlarni muhokama qilish uchun telefon orqali gaplashganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi.
Kreml maslahatchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Putin Trampga Rossiyaning «Yevropaga nisbatan hech qanday tajovuzkor rejasi yo‘qligini» bildirgan. Shuningdek, ikki yetakchi frontdagi vaziyat, mahbuslar almashinuvi hamda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi boshqa gumanitar masalalarni muhokama qilgan.
Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov «Channel One» telekanaliga bergan intervyusida, Tramp «eng avvalo Ukrainani Shimoliy Atlantika ittifoqiga (NATO) qo‘shishga urinishni xayollaridan chiqarib tashlashlari kerakligini» aytgani va bu masalani «hal qilingan» deb baholaganini ma’lum qildi.














