DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya bilan Ukraina o‘zaro IHT hujumlarida bir - birini aybladi
Moskva kechasi bilan Ukrainaga oid 592 dona IHT urib tushirganini iddao etar ekan, Kiyev esa Rossiya tomonidan uchirilgan 295 ta IHTdan 267 tasini yo‘q qilganini iddao etmoqda.
Rossiya bilan Ukraina o‘zaro IHT hujumlarida bir - birini aybladi
_

Rossiya bilan Ukraina uch kishining halok bo‘lishi va 10 nafardan ortiq insonning jarohatlanishiga yo‘l ochgan insonsiz havo transportlari (IHT) hujumlari yuzasidan bir - birini aybladi.

Rossiyaning Perm viloyati gubernatori Dmitriy Maxonin havo mudofaa tizimlari 39 ta IHTni urib tushirgani, sanoat korxonasiga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida esa bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix, bir nafari yosh bola bo‘lish bilan birga jami sakkiz kishi jarohat olganini bildirdi. Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev esa to‘rt kishi jarohatlangani va viloyat hududida 88 ta IHT urib tushirilganini iddao etdi.

Rostov viloyati gubernatori Novoshax­tinsk neftni qayta ishlash zavodiga ziyon yetgani va uning faoliyati to‘xtatilgani ammo hech kim halok bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tunda 18 ta viloyat, Qora dengiz va Rossiya tomonidan bosib olingan Qrim ustida jami 592 ta Ukraina IHTi urib tushirilganini iddao qildi.

Ukrainadagi hujumlar

Rossiya tunda uyushtirilgan hujumlarda Kiyev yaqinidagi Ukrainaga qarashli «Fire Point» kompaniyasining IHT yig‘ish zavodi, shuningdek, Odessadagi Ukraina armiyasiga yordam ko‘rsatayotgani iddao qilingan logistika markazlari va port infratuzilmasiga zarba berilganini ma’lum qildi.

Ukraina Harbiy - havo kuchlari tunda uchirilgan 295 ta Rossiya IHTning 267 tasi urib tushirilganini bildirdi.

Har ikki tomon so‘nggi oylarda logistika, port va energetika infratuzilmalariga qarshi hujumlarni kuchaytirar ekan, tinch aholini ataylab nishonga olganlik haqidagi da’volarni rad etmoqda.