Hatayning Reyhanli tumanida 2013-yili 52 kishi halok bo‘lgan bombali hujum bo‘yicha ayblanuvchi terrorchi Mihrach Ural (Ali Kiyali) Suriyada xorijga qochishga uringan paytda qo‘lga olingani bildirildi.
Suriya rasmiy axborot agentligi SANAning xabariga ko‘ra, Reyhanlidagi mazkur terakt bo‘yicha ayblanuvchi hamda 2013-yili Suriyaning sohil hududidagi Banyas va Bayda qishloqlarida sodir etilgan qirg‘inlarning ham bosh javobgari bo‘lgan Mihrach Ural xorijga qochishga uringan paytda chegarada ushlandi.
Suriya Bosh razvedka xizmati terrorchi Uralni chegaradan qochib o‘tishga uringan vaqtda qo‘lga olgani ma’lum qilindi.
TAVSIYA ETILADI
Terrorchining qaysi mamlakatga qochishga uringani haqida ma’lumot berilmadi.

















