TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotda 9 askar halok bo‘ldi, 7 nafari bedarak yo‘qoldi
Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.
Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotda 9 askar halok bo‘ldi, 7 nafari bedarak yo‘qoldi
Qozogʻistonda oʻtkazilgan mashgʻulot paytida 9 nafar askar halok boʻldi,

Qozog‘istonning Kaspiy dengizi sohilida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulot paytida dengizga qulab tushgan 19 askardan 9 nafari halok bo‘ldi, 7 nafari bedarak yo‘qoldi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi mamlakat harbiy dengiz kuchlari Kaspiy dengizi sohilida mashg‘ulot o‘tkazganini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, o‘quv-jangovar vazifa bajarilayotgan paytda ob-havo to‘satdan yomonlashib, shamol kuchaygan. Natijada 19 askar dengizga uchib tushgan.

Hodisada 9 askar halok bo‘lgan, 3 nafari qutqarilgan. Bedarak yo‘qolgan 7 askarni topish uchun qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, tegishli bo‘linmalar hududga yuborilgan.

Hodisaning barcha jihatlarini aniqlash va qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish uchun mudofaa vaziri Dauren Kosanov hududga borgan.

Hodisa yuzasidan tergov boshlandi

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi askarlar halok bo‘lgan hodisa yuzasidan tergov boshlanganini bildirdi.

Bosh prokuratura bayonotida hodisani aniqlashtirish uchun tezkor tergov guruhi tuzilgani, voqea joyida Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va prokuratura xodimlari ishlayotgani qayd etildi.

Bayonotda zarur tekshiruvlar o‘tkazilayotgani va sud ekspertlari jalb qilingani aytildi.