DUNYO
3 daqiqa o'qish
Isroil hujumlari Livanda yana 16 kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroilning havo hujumlari Livanda yana 16 kishi umriga, 21 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi.
Isroil hujumlari Livanda yana 16 kishi umriga zomin bo‘ldi
_

Isroil insonsiz havo transporti va havo hujumlari janubiy va sharqiy Livanda 16 kishining o‘limiga va 21 kishining tan jarohati olishiga yo‘l ochdi; jarohatlanganlar orasida tibbiy xodimlari ham bor. Xuddi shu voqeada bir maktab binosi ziyon ko‘rgan. Bu holat sulhga nisbatan so‘nggi qoidabuzarlik sifatida qayd etildi.

Livan Milliy axborot agentligi (NNA) chorshanba kuni (06.05.2026) Mefdoun shaharchasiga qarshi uyushtirgan insonsiz havo transporti hujumlarida ikki kishi halok bo‘lgani, shuningdek, Zavtar al - Sharqiya va Zavtar al - Gharbiya hududlari nishonga olinganini xabar qildi.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, G‘arbiy Bekaa hududidagi Zellaya qishlog‘ida bir munitsipal kengash raisining uyiga alohida uyushtirilgan hujumda yana to‘rt kishi halok bo‘lgan, uch kishi esa jarohat olgan va qutqaruv ishlari o‘z joyida davom etmoqda.

Xuddi shu manbaga ko‘ra janubiy Livanda Zavtar al - Sharqiya va Mifdoun qishloqlari orasida bir avtomobilga qarshi uyushtirilgan Isroil hujumida ikki kishi halok bo‘lgan.

NNA ma’lumotiga ko‘ra Isroilning insonsiz havo transporti Dayr Kifa qishlog‘ida Islomiy Sog‘liqni saqlash idorasiga tegishli tibbiyot xodimlarini nishonga olgan; viqeada uch kishi jarohatlanib, yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan.

Maktab binosiga katta ziyon yetgan

Xuddi shu manbaga ko‘ra Nabatiya tumanidagi Aadchit qishlog‘iga qarshi uyushtirilgan alohida havo hujumida bir kishi halok bo‘lgan.

Agentlik shuningdek Zahroniy hududidagi Saksakiyoh qishlog‘iga qarshi uyushtiirlgan Isroil hujumida besh kishi halok bo‘lgani, 15 kishi jarohat olganini bildirdi.

Tayr hududida esa fuqarolik mudofaa guruhlari Vadi Jilo va Tayr Dabba orasidagi al -Haddathiya yo‘lida, al - Siroj o‘rta maktabi yaqinida bir transport vositasiga qarshi uyushtirilgan hujum ortidan ikki jasad topgan.

Agentlik Isroil harbiy samolyotlari Rishknaniyoh, Safad al - Battikh, Baraachit va Qallaviyoh qishloqlariga ham hujumlar uyushtirib, Burj Qallaviyohdagi maktab binosiga jiddiy ziyon yetkazganini xabar qildi.

Seshanba kuni (05.05.2026) Isroil armiyasi mamlakat bo‘ylab taxminan 60 ta hujum amalga oshirgan; bu hujumlarda besh kishi halok bo‘lgan, boshqalari jarohat olgan. Bular 2 - martdan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarning bir qismi sifatida qayd etilgan.

Sulhga qaramay kundalik hujumlar

17 - aprelda e’lon qilingan va muddati 17 - maygacha uzaytirilgan otashkesim yoki sulhga qaramay Isroil armiyasi Livanda har kuni hujumlar uyushtirib, ko‘plab qishloqlarda uylarni keng ko‘lamda vayron qilishni davom ettirmoqda. Bu holat G‘azoda yillar davom etgan vayronagarchilikni yodga solmoqda.

Rasmiy so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 2 - martdan beri Isroil hujumlari Livanda kamida 2 704 kishining o‘limiga, 8 311 kishining jarohatlanishiga va taxminan 1,6 milliondan ortiq insonning oz uy - joyini tark etishiga sabab bo‘lgan; bu aholining qariyb beshdan bir qismiga teng.

Isroil janubiy Livandagi ayrim hududlarni, jumladan o‘nlab yillardan beri egallab kelayotgan va 2023 – 2024 yillardagi urushdan beri bosib olingan hududlarni nazorat qilmoqda hamda hozirgi mojaro davomida janubiy chegaradan taxminan 10 kilometr ichkariga kirib borgan.

Boxabar bo'ling!
Shri-Lankadagi ommaviy qabrdan 572 kishining jasad qoldiqlari topildi
Kanadada sinagoga yaqin qurolli hujumda ikki kishi, jumladan politsiyachi yaralandi
Tramp: “Butun Eronni havoga uchirishim mumkin”
Eron Inqilobiy gvardiyasi: “Hormuz bo‘g‘ozida MQ-1 uchuvchisiz apparati urib tushirildi”
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi hujumlar davom etmoqda
Halabdagi portlashlarda to‘rt kishi yaralandi
Saudiya Arabistoni husiylarning Ar-Riyodga otgan ballistik raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi
AQSHda sun’iy intellekt kompaniyalari ustidan raqobat qonunlarini buzganlik da’vosi bilan sudga muro
AQSH Yaqin Sharq uchun xavfsizlik ogohlantirishini e’lon qildi
AQSh Ukraina uchun 2,68 milliard dollarlik havo mudofaasi paketini ma'qulladi
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?