DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya hujumlarida Xarkov va Odessada 29 kishi yaralandi
Ukraina Rossiya armiyasi bugun tunda mamlakatning turli hududlariga havo hujumlari uyushtirganini ma’lum qildi.
Rossiya hujumlarida Xarkov va Odessada 29 kishi yaralandi
_

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy - havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Rossiya bugun kechasi mamlakatning turli hududlariga qarshi havo hujumlari uyushtirgani bildirildi.

Bayonotda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga 17 ta raketa va 202 ta insonsiz havo transporti uchirgani, havo mudofaa kuchlari tomonidan esa 174 ta insonsiz havo transporti yoki dron yo‘q qilingani qayd etildi.

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, Rossiya armiyasining Xarkov shahriga qarshi uyushtirgan hujumi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani, 21 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida berilgan bayonotda esa Rossiyaning Odessa shahriga uyushtirgan hujumlari oqibatida 8 kishi yaralangani bildirildi.