G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Falastinlik 54 kishining tanasi va inson qoldiqlari G‘azoga olib kelindi
Isroil tomonidan ozod etilishi ortidan falastinlik 54 kishining tanasi va inson qoldiqlari solingan o‘nlab quti G‘azoga yetkazilgani ma’lum qilindi.
Falastinlik 54 kishining tanasi va inson qoldiqlari G‘azoga olib kelindi
_
9 соат олдин

G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi Isroil tomonidan topshirilgan falastinlik 54 kishining tanasi bilan ko‘plab inson qoldiqlarini o‘z ichiga olgan o‘nlab quti Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi orqali G‘azoga yetkazilganini ma’lum qildi.

Vazirlik chorshanba kuni (04.02.2026) bergan bayonotida, 54 ta inson tanasi va 66 ta qutidagi inson qoldiqlari Qizil Xoch qo‘mitasi transportlari orqali ash - Shifa tibbiyot majmuasiga olib kelinganini bildirdi.

Tibbiy guruhlar, tasdiqlangan tibbiy tartib - qoidalarga muvofiq darhol sud - tibbiy tekshiruvlarni boshlatdi.

Vazirlik tegishli idoralar va mutaxassis komissiyalar bilan hamkorlikda tekshiruv va hujjatlashtirish jarayonlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Ushbu jarayonlar yakunlangach, belgilangan protokollarga muvofiq oilalarga jasadlarni aniqlash imkoniyati beriladi.

Falastinlik rasmiylariga ko‘ra bu topshirish 10 - oktabrda kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Isroil tomonidan muntazam ravishda buzilayotgan bir davrda qayd etildi.

Joriy yilning yanvar oyida AQSh tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish yoki otashkesim, Isroilning G‘azodan chiqib ketishi va hududda qayta qurish ishlarini boshlashni nazarda tutadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hududni qayta tiklash xarajatlari taxminan 70 milliard dollar bo‘lishini hisoblamoqda.

AQSh o‘rtamchiligida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay tibbiy manbalarga ko‘ra chorshanba kuni (04.02.2026) erta tongda G‘azoda o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lgan shaxslarning chodirlari, bir uy va tinch aholi to‘plangan hududni nishonga olgan Isroil hujumlari oqibatida ayollar va bolalar ham doxil falastinlik jami 21 kishi halok bo‘lar ekan ko‘pchilik tan jarohati oldi.

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati G‘azo janubidagi Xon Yunis shahrining al - Mavasi hududidagi 5 - ko‘cha atrofini nishonga olgan bombardimon oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, 12 kishi esa tan jarohati olganini ma’lum qildi. Halok bo‘lganlarning bir nafarining tibbiy xodim ekani aniqlandi.

Jarohat olganlar yoki yaradorlar al - Mavasi hududidagi Qizil Yarim oy dala kasalxonasiga yetkazildi.