DUNYO
4 daqiqa o'qish
Dunyo AQShning Venesuelaga qarshi uyushtirgan hujumlarini qoralamoqda
Dunyo mamlakatlari AQShning Venesuelaga qarshi uyushtirgan harbiy hujumlariga munosabat bildirishni davom etar ekan, ayni vaqtda, mojaro avj olmasligi uchun muammo diplomatik yoʻllar bilan hal qilinishi kerakligi qayd etilmoqda.
Dunyo AQShning Venesuelaga qarshi uyushtirgan hujumlarini qoralamoqda
_
4 январ 2026

AQSh Prezidenti Donald Tramp Venesuelada AQSh harbiy hujumlari Prezident Nikolas Maduroning qoʻlga olinishi bilan yakunlanganini e’lon qilishi ortidan, butun dunyo tomonidan voqeaga nisbatan munosabatlar bildirildi.

Lotin Amerika, Yevropa va Yaqin Sharqdagi hukumatlar mustaqillikning buzilishi, mintaqaviy beqarorlik ehtimoli va yana - da kengroq mojaroga aylanish xavfidan xavotirda ekanini ifoda etdilar.

Ayrim davlatlar vazminlikka chaqirgan boʻlsa - da, boshqalari diplomatik tarzda oʻrtamchilik qilishni taklif qildi.

Keskinlik AQShning Maduroni giyohvand moddalar kontrabandasida ayblashi bilan boshlanar ekan, Maduro bu ayblovlarni rad etib, muzokaralarga ochiq ekanini bildirgan edi.

Kolumbiya

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro, AQShning havo hujumlari ortidan chegaraga qoʻshinlar joylashtirilganini ma’lum qildi.

Petro AQSh harakatlarini “Lotin Amerika mustaqilligini koʻzlagan hujum” sifatida baholab, qoralar ekan; bu harakatlar insonparvarlik inqirozi keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Muloqot” yoʻli orqali yechim topishga chaqirgan chap qanot koʻz qarashdagi lider, X ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida; Venesuela chegarasiga xavfsizlik kuchlarini joylashtirish boʻyicha buyruq berganini tasdiqladi.

Venesuela hukumatining yaqin ittifoqchisi bo‘lishiga qaramay, Petro, Maduroning qo‘lga olinishi ustidan hech qanday izoh bermadi.

Petro avvalroq AQSh harakatlarining xalqaro huquqqa muvofiqligini baholash uchun Amerika Davlatlari Tashkiloti (OAS) va BMTning “zudlik bilan” yig‘ilishini talab qilgan edi. Joriy yilda BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik a’zosi bo‘lgan Kolumbiya, kengashning yig‘ilishga chaqirishini talab qilgandi.

Rossiya

Rossiya ham Venesueladagi AQSh harbiy amaliyotini qoralab, hujumni oqlaydigan asosli sabab yo‘qligi va “mafkuraviy dushmanlik” diplomatiyadan ustun tutilganini bildirdi.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida: “Bugun ertalab Amerika Qo‘shma Shtatlari Venesuelaga qarshi qurolli hujum uyushtirdi. Bu nihoyatda tashvishli va qoralashga loyiq holatdir”, — deyiladi.

Bayonotda bunday harakatlarni oqlash uchun iddao etilgan harakatlar asossiz ekani, “mafkuraviy dushmanlik ishbilarmon pragmatizmdan ustun qo‘yilgani” ta’kidlandi. Matnda Venesuela rahbari Nikolas Maduro bevosita tilga olinmadi.

Rossiya Venesuela xalqi bilan birdamligini yana bir bor tasdiqlab, AQSh hujumlari oqibatida Rossiya fuqarolari jarohat olgani haqida ma’lumot yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Eron

Eron hujumni mamlakat mustaqilligi va hududiy yaxlitligining “ochiq - oydin buzilishi” deb baholadi.

Eron Tashqi Ishlar vazirligi bayonotida: “AQShning Venesuelaga qarshi uyushtirgan harbiy hujumi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining asosiy tamoyillari va xalqaro huquqning fundamental qoidalari, xususan Nizomning 2 - moddasi 4 - bandi­ni ochiqchasiga paymoli”, — deyiladi.

Bayonotda AQShning harbiy hujumi qoralanib, mamlakatning milliy mustaqilligi va hududiy yaxlitligi ochiqdan - ochiq buzilgani ta’kidlandi.

Bayonotga koʻra bu hujum BMT, tinchlik va xalqaro xavfsizlikni saqlash uchun mas’ul boʻlgan barcha davlatlar tomonidan darhol va ochiqchasiga qoralanishi lozim bo‘lgan tajovuz namunasi hisoblanadi.

Vazirlik, shuningdek, Venesuelaning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va o‘z taqdirini oʻzi belgilash huquqini tasdiqlab; barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar, ayniqsa BMT Xavfsizlik Kengashi “noqonuniy AQSh hujumini” darhol to‘xtatish va uni rejalashtirgan hamda amalga oshirganlarni javobgarchilikka tortish bo‘yicha huquqiy va axloqiy mas’uliyatga ega ekanini ta’kidladi.

Belgiya

Belgiya Tashqi Ishlar vaziri AQSh hujumlari ortidan Bryusselning Venesueladagi vaziyatni yaqindan kuzatayotgani va mintaqadagi fuqarolari xavfsizligini “eng ustuvor masala” deb bilishini qayd etdi.

Maxime Prévot X’dagi postida: “Venesueladagi vaziyatni inobatga olgan holda fuqarolarimiz xavfsizligi birinchi o‘rinda turadi. Venesuela bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Bogota elchixonamiz va Bryusseldagi bo‘limlarimiz to‘liq safarbar etilgan”, — deb yozdi.

Prévot vaziyat Yevropadagi hamkorlar bilan muvofiqlikda yaqindan kuzatilayotganini oʻz soʻziga qo‘shimcha qildi.

Italiya

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni shanba kuni Venesueladagi vaziyatni yaqindan kuzatayotganliklari va mamlakatdagi Italiya fuqarolari haqida ma’lumot to‘playotganliklarini bildirdi.

Melonining Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan uzluksiz aloqada ekani ma’lum qilindi. Hozirda Venesuelada qariyb 160 ming nafar italiyalik yashaydi, ularning koʻpchiligi ikki fuqarolikka ega.

Tayani Rim hukumati va Karakasdagi bosh konsullik vaziyatni hamda mamlakatdagi italyan jamoasini alohida kuzatayotganini bildirdi. U X’dagi postida Bosh vazir Meloni doimiy ravishda xabardor qilinayotgani va Tashqi Ishlar vazirligining inqiroz bo‘limi faol ekanini bildirdi.

Kuba

Kuba rahbarlari ham AQShning harbiy hujumlariga munosabat bildirdi.

Kuba Davlat rahbari Migel Dias - Kanel X ijtimoiy orqali: “Kuba AQShning Venesuelaga qarshi jinoyat tusdagi hujumini qoralaydi va xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan munosabat bildirishga chaqiradi”, — dedi.

Dias - Kanel mintaqa “vahshiyona hujumga uchragani” va bu “jasur Venesuela xalqi hamda Nuestra Américaga qarshi davlat terrorizmi” ekanini ta’kidladi.

Ispaniya

Ispaniya AQSh va Venesuela o‘rtasidagi inqirozda oʻrtamchilik qilishni taklif etdi.

Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqidagi bayonotida Ispaniya “keskinlikni kamaytirish va vazminlikka chaqirayotganini” bildirdi.

Ispaniya 2024 - yilning 28 - iyulida Venesuelada o‘tkazilgan va rasmiy natijalarga ko‘ra Nikolas Maduro g‘alaba qozongani e’lon qilingan prezidentlik saylovlarini tan olmagan edi. Muxolifat va ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar saylovlarda keng ko‘lamli soxtalashtirishlar bo‘lganini ta’kidlagan, shundan so‘ng muxolifat nomzodi Edmundo Gonsales Urrutia xavfsizlik sababli mamlakatni tark etib, Madridga ketgan edi.

Vazirlik, Ispaniya siyosiy sabablar tufayli oʻz mamlakatini tark etishga majbur bo‘lgan o‘n minglab venesuelalikni qabul qilgani va qabul qilishda davom etishi; shuningdek, mamlakat uchun demokratik, muzokaralar asosida tinch yo‘l bilan yechim topishga ko‘maklashishga tayyor ekanini qo‘shimcha qildi.