Turkiya Aloqa boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran yakshanba kuni Suriyada imzolangan o’t otishni to'xtatish va to'liq integratsiya to'g'risidagi bitimni “terrorizmdan xoli zona” barpo etishga qaratilgan muhim qadam deb atadi. Bu maqsad esa Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an tomonidan uzoq vaqtdan beri ta'kidlab kelinadi.
“Bitim shartlarining ijrosi yaqindan kuzatiladi”, dedi Duran Turkiyaning ijtimoiy tarmog'i NSosyaldagi yozuvida va qo'shimcha qildi. Bu jarayonlar tasodif emas, balki prezident tomonidan yillar davomida qayta-qayta bildirib kelingan tamoyil va ogohlantirishlarni aks ettiradi.
Duran ta'kidladi-ki, Suriyada barqaror va doimiy tinchlik barcha etnik va mazhabiy guruhlarning teng fuqarolik asosida huquqlari kafolatlangan taqdirda mumkin bo'ladi.
“Hududiy yaxlitligini saqlagan va terrorchi tashkilotlardan tozalangan Suriya mintaqaviy tinchlik uchun muhimdir”, deb qo'shimcha qildi u, bu boradagi Suriya hukumatining qo'ygan qadam va qilayotgan sa'y-harakatlari muhim ekanligini ta'kidladi.
Duranning so'zlariga ko'ra, Turkiya ham maydonda, ham muzokara stolida kuchli ishtirokchidir; terrorchi guruhlarga qarshi operatsiyalar Turkiya chegaralari bo'ylab xavfsiz zona yaratilishiga yordam bermoqda, diplomatik sa'y-harakatlar esa Suriyaning kelajagini shakllantiruvchi jarayonlarni qo'llab-quvvatlamoqda.
“Suriyaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti Turkiya uchun ajralmasdir”, dedi Duran va qo'shimcha qildi. Anqara qo'shnisining xavfsizligini o'z xavfsizligidan ajralmas deb hisoblaydi hamda tinchlikni prinsip, barqarorlikni esa maqsad deb ko'radi.














