TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Ozarbayjon Eronga insonparvarlik yordami yubordi
Ozarbayjon, chegaraviy harakatlarni vaqtincha to'xtatgan so'nggi dron hodisasiga qaramay Eronga insonparvarlik yordami yubordi.
Ozarbayjon Eronga insonparvarlik yordami yubordi
_
7 соат олдин

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi davom etayotgan urush paytida Tehronga gumanitar yordam yuborishni buyurdi.

Ozarbayjon davlat axborot agentligi APA seshanba kuni Ozarbayjondan Eronga 10 tonna un, taxminan 2 tonna dori - darmon, tibbiy vositalar va boshqa gumanitar mahsulotlar yuborilgani haqida xabar berdi.

Agentlik: "Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi transportlari orqali Eron Islom Respublikasiga yuborilgan gumanitar yordamga 10 tonna un, 6 tonna guruch, 2,4 tonna shakar, 4 tonnadan ortiq suv, taxminan 600 kg choy va taxminan 2 tonna dori - darmon bilan tibbiy vositalar kiradi", -dedi.

Yordam yetkazib berilishi Ozarbayjon va Eron o'rtasidagi chegaraviy harakatlarni vaqtincha to'xtatgan so'nggi dron hodisasiga qaramay amalga oshirilmoqda. Rossiyaning davlat TASS axborot agentligi xabariga ko'ra, Ozarbayjon dushanba kuni Eron bilan barcha yuk tashish uchun chegara punktlarini qayta ochganini bildirdi.

Ushbu chegara punktlari Eronni uning ittifoqchisi Rossiyaga bog'laydigan eng qisqa quruqlik yo'llaridan biri hisoblanadi va ular o‘tgan hafta Boku tomonidan Naxchivon mintaqasida Eron droni hujumi deb ta'riflangan hodisa sabab yopilgandi.

Yakshanba kuni kechqurun Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga qo'ng'iroq qilib, Ozarbayjonga qarshi uyushtirilgan dron hujumlarida Tehron aybdor emasligini ifoda etgan biroq hodisa ustidan tergov ishlari yuritilishini va’da bergan.

Aliyev ofisi tomonidan berilgan bayonotda: "Naxchivonni nishonga olgan havo zarbasi bilan bog'liq hodisa Eron bilan aloqali emasligini ta'kidlagan Prezident Mesud Pezeshkiyan, hodisa ustidan tergov ishlari yuritilishi ta'kidladi", - deyildi.

Ozarbayjonlik rasmiylari o'tgan hafta payshanba kuni to'rt dron chegaradan o'tib, Naxchivon mintaqasida to'rt kishini jarohatlaganini ma'lum qildi.

Tarangliklar, joriy yilning 28 - fevrali kuni Isroil va AQSh tomonidan Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar bilan avj oldi. Bu hujumlar, 1 ming 300 nafardan ortiq eronlik umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida mamlakatning diniy lideri Ali Hamaney, tinch aholi va maktab o‘quvchilari ham bor edi.

Eron esa AQSh bilan Isroilga javob tariqasida mintaqadagi AQSh bazalari, diplomatik muassasalar va harbiy xodimlar hamda Isroilni nishonga olgan havo bombardimonlari uyushtirdi.