G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil falastinlik yana ikki kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi G‘arbiy Sohilda falastinlik yana ikki kishi umriga zomin bo‘ldi.
Isroil falastinlik yana ikki kishi umriga zomin bo‘ldi
_

Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi G‘arbiy Sohilda, al - Xalil shahri yaqinida Isroil iddasoiga ko‘ra kamida besh kishi yaralangan qurolli hujum ortidan falastinlik ikki kishini o‘ldirdi.

Isroil armiyasi juma kuni G‘arbiy Sohilning janubidagi al - Xalil yaqinida ikki nafar gumonlanuvchi hujumchini o‘ldirgani va qidiruv ishlarini davom ettirayotgani, hududda xavfsizlik toʻsigʻi o‘rnatganini bildirdi. Biroq hozircha o‘z bayonotlarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmadi va halok bo‘lgan ikki kishining shaxsi ham tasdiqlanmadi.

Isroilning Magen David Adom qutqaruv xizmati besh kishi yaralangani, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qildi. Qutqaruv guruhlari tomonidan tarqatilgan tasvirlarda Isroil kuchlari hududda patrullik qilayotgan bir paytda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonida oddiy kiyimdagi bir kishining jasadi yerda yotgani aks etgan.

Falastin OAVlari mahalliy va tibbiy manbalarga tayanib, al - Xalilda yuz bergan qurolli hodisadan so‘ng Isroil kuchlari o‘qi oqibatida falastinlik ikki kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Shuningdek, Isroil kuchlari shahar atrofidagi qishloq va shaharchalarda komendantlik soati joriy etgani, asosiy kirish yo‘llarini nazorat - o‘tkazish punktlari bilan yopgani bildirildi.

Mazkur hodisa ishgʻol ostidagi G‘arbiy Sohil bo‘ylab keskinlik kuchaygan bir davrda, Isroilda 27 - oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarga sanoqli kunlar qolganida yuz berdi.

Noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar 20 - sentabrda boshlangan joriy yilgi zaytun hosili mavsumida falastinlik dehqonlarga qarshi hujumlarini kuchaytirdi. Tibbiy va mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab bir kun ichida sodir etilgan noqonuniy ko‘chmanchilar hujumlari natijasida falastinlik kamida 16 kishi yaralangan, 55 tup zaytun daraxti esa yoqib yuborilgan.

Falastinning Mustamlakachilik va devorga qarshi kurash komissiyasi noqonuniy ko‘chmanchilar sentabr oyida 647 ta hujum uyushtirib, uch nafar falastinlikni o‘ldirganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2026 - yilning birinchi yarmida 45 mingdan ortiq daraxt kesilgani yoki ularga ziyon yetkazilgani bildirildi. Falastin rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra 194 ta noqonuniy aholi punkti va 400 ta noqonuniy tayanch maskanida qariyb 750 ming nafar noqonuniy ko‘chmanchi yashaydi.

Xalqaro sud 2024 - yilning iyul oyida chiqargan qarorida Isroilning Falastin hududlarini bosib olishi noqonuniy ekanini e’lon qildi va barcha aholi punktlarini bo‘shatishga chaqirdi.