TURKIYA
3 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: BM Xavfsizlik kengashining veto huquqini bekor qilishi kerak
Prezident Erdo‘g‘an Bloomberg uchun qalamga olgan maqolasida BMT Xavfsizlik kengashining hozirgi tuzilmasi eskirgani, uning isloh qilinishi va hatto veto huquqi bekor qilinishi zarurligini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an: BM Xavfsizlik kengashining veto huquqini bekor qilishi kerak
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Bloomberg uchun yozgan «BMT Xavfsizlik kengashining veto huquqi bekor qilinishi kerak» sarlavhali maqolasida so‘nggi yillarda dunyo pandemiyalar, energetika inqirozlari, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar va mintaqaviy mojarolar kabi jiddiy sinovlarga duch kelganini ta’kidladi. Erdo‘g‘anning qayd etishicha, bunday global inqirozlarni hal etish masalasini faqat bir nechta kuchli davlatning qarori va irodasiga bog‘lab qo‘yish bugungi dunyo voqeligiga mos kelmaydi.

U global qarorlar qabul qilish mexanizmlarini bugungi sharoitga moslashtirishni endi kechiktirib bo‘lmasligini ta’kidlab, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi haligacha Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda shakllangan tuzilmani aks ettirayotganini qayd etdi.

Erdo‘g‘an yanada samarali, adolatli va hisobdor vakillik tizimini shakllantirish zarurligini ta’kidlab, buning uchun vakillik doirasini kengaytirish bilan bir qatorda, yetakchilik mas’uliyatini ham adolatli taqsimlash lozimligini bildirdi. U mavzu haqida shuningdek:

«Turli geografik hududlarning tajribasi, salohiyati va irodasini global va mintaqaviy masalalarni hal etish jarayoniga jalb qilishimiz shart. ‘Dunyo 5 tadan kattadir’ degan chaqirig‘imiz shu jihatdan yanada kengroq mas’uliyat tushunchasiga da’vatdir. Islohot zaruratini endi aniq yo‘l xaritasiga aylantirish muhim. /…/. Islohot bir xil imtiyozni boshqa davlatlarga ham berish degani emas. Bosh Assambleya doirasida hech bir davlat xalqaro hamjamiyat ko‘pchiligining irodasini doimiy ravishda to‘sib qo‘yish vakolatiga ega bo‘lmasligi tamoyili atrofida keng koalitsiya shakllantirilishi kerak» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an iqtisodiyotdan xavfsizlikka, texnologiyadan diplomatiyagacha yangi kuch markazlari paydo bo‘layotgan bir paytda xalqaro institutlar bu o‘zgarishlarga xuddi shunday tezlikda moslasha olmayotganini ta’kidladi.

Urushlar, iqlim inqirozi, tartibsiz migratsiya va iqtisodiy zaifliklar davlatlarning kuchli institutlar, barqaror iqtisodiyotlar va ishonchli mudofaa salohiyatiga ega bo‘lishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatganini qayd etgan Erdo‘g‘an savdo, logistika, transport va energetika koridorlarining xavfsizligi hamda barqarorligi tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini bildirdi.

Osiyoning iqtisodiy salmog‘i ortib borayotgan bir paytda Afrikaning ham o‘z salohiyatiga mos ravishda yanada kuchli vakillikka ega bo‘lish talabini ilgari surayotganini, rivojlanayotgan mamlakatlar esa o‘z ustuvor yo‘nalishlarini yanada qat’iyroq ifoda etayotganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an quyidagi fikrlarni bildirdi:

«Ayrim mintaqaviy aktorlarning ta’siri kuchayishi ularning o‘z hududlarida yanada katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishlarini taqozo etmoqda. Har bir mintaqaning muammolarini tashqaridan belgilangan usullar bilan hal qilish mumkin emas. Tegishli mamlakatlarning irodasi, mahalliy sharoitlar va umumiy manfaatlarga asoslangan yondashuvlar yanada barqaror va mustahkam natijalar berishiga ishonamiz. Diplomatik salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari va turli tomonlar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega davlatlarning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yanada faol rol o‘ynashi muqarrar zaruratdir».

«Bosh Assambleyaning rolini kuchaytirish sa’y - harakatlarini qo‘llab - quvvatlaymiz».

Veto imtiyozini bekor qilish, saylangan a’zolarning qarorlar qabul qilish jarayonlarida yanada katta ta’sirga ega bo‘lishi va Bosh Assambleyaning rolini kuchaytirishga qaratilgan sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashlarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an quyidagilarni qayd etdi:

«Turli hududlardan mamlakatlarning ushbu umumiy pozitsiya atrofida birlashishi xalqaro tizimning legitimligi va vakillik salohiyatini kuchaytiradi. Bugungi dunyoda barqaror tinchlik bir - biridan uzilgan va bir - biri bilan muloqot qilmaydigan bloklarning ko‘payishi orqali qaror topmasligi ayon. ‘Yanada adolatli dunyo’ uchun turli geografik hududlarning tajribasi, salohiyati va irodasini umumiy maydonda birlashtirishimiz kerak. Turkiya o‘zining qadimiy davlatchilik an’anasi, diplomatik salohiyati va turli geografik hududlar bilan o‘rnatgan mustahkam aloqalari orqali ushbu islohot izlanishlarida o‘z zimmasidagi mas’uliyatni bajarishda davom etadi».

 

Boxabar bo'ling!
BMT Bosh Assambleyasining 81 - sessiyasi Nyu - Yorkda o‘z ishini boshlaydi
Erdo‘g‘an Turk uyida fuqarolar bilan suhbatlashdi
Emine Erdo‘g‘anning Nyu-York diplomatiyasi
Chiqindisiz konsepsiyadagi bepul plyajlar qatoriga Go‘jek ham qo‘shildi
Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQSHga boradi
Turkiya Isroil bilan bog'liq tarmoqqa katta zarba berdi: 175 kishi hibsga olindi
Turkiya Braziliya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
Antaliyada o‘tadigan 77-Xalqaro astronavtika kongressi taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Erdo‘g‘an: Istanbul aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi global aloqani kuchaytiradi
Erdog‘an: «Turkiyani dunyodagi eng keng parvoz tarmog‘iga ega mamlakatlardan biriga aylantirdik»
Erdo'g'an BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga murojaat qiladi
Turkiya Makkaga yaqin hududda bartaraf etilgan dron hujumini qoraladi
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Akinji" droni "Sungur" raketasi bilan yuqori tezlikdagi nishonni yo‘q qildi
Fidan: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida urushdan oldingi holat tiklanishi lozim
Somalida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an: «Xalqimizni xavf-xatarlardan uzoq tutdik»
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytadi
Isroil matbuoti: Prezident Erdogan Turkiyani Oʻrta Sharqda qiyin bir ishtirokchiga aylantirdi