2026-yilgi kurash bo‘yicha jahon chempionati 2019-yildan keyin yana Qozog‘iston poytaxti Astanada o‘tkaziladi.
“Barys Arena”da to‘qqiz kun davom etadigan chempionat yunon-rum kurashi, ayollar kurashi va erkaklar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha o‘ntadan vazn toifasida tashkil etiladi.
Chempionatda 30 nafar sportchi bilan qatnashadigan Turkiya terma jamoasi barcha vazn toifalarida medallar uchun kurash olib boradi.
Musobaqalar yunon-rum kurashi bo‘yicha 24–27-oktabr, ayollar kurashi bo‘yicha 27–30-oktabr, erkin kurash bo‘yicha esa 29-oktabr–1-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Yunon-rum kurashi bellashuvlari bilan boshlanadigan chempionatda ertaga 55, 60, 77 va 82 kilogramm vazn toifalarida saralash, chorak final va yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Turkiya sharafini 55 kilogramm vaznda O’mer Halis Rejep, 60 kilogrammda Enes Bashar, 77 kilogrammda Ahmet Yilmaz, 82 kilogrammda esa Yuksel Sarichichek himoya qiladi.
Turkiyalik kurashchilar orasida eng ko‘p jahon chempioni bo‘lgan Riza Kayaalp ushbu musobaqalar tarixidagi oltinchi oltin medalini qo‘lga kiritish uchun gilamga chiqadi.























