TURKIYA
1 daqiqa o'qish
TEKNOFEST Janubi-sharqda ikkinchi kun hayajoni
Shanliurfadagi dunyoning eng yirik aviatsiya, kosmos va texnologiya festivali TEKNOFEST Janubi-sharq ikkinchi kunida havo namoyishlari, ko‘rgazmalar, musobaqalar va amaliy mashg‘ulotlar bilan mehmonlarni kutib oladi. “Turk yulduzlari” osmonda ikkin
TEKNOFEST Janubi-sharqda ikkinchi kun hayajoni
TEKNOFEST Janubi-sharqda ikkinchi kun

Texnologiya ishqibozlari, yosh ixtirochilar va minglab tashrif buyuruvchilarni birlashtirgan TEKNOFEST ikkinchi kunida ham yerda va osmonda ko‘plab namoyishlarga mezbonlik qiladi.

Ilg‘or texnologiya simulyatsiyalaridan ilmiy mashg‘ulotlar va ko‘rgazmalargacha barcha yoshdagi ishtirokchilarga mo‘ljallangan tadbirlarni qamrab olgan yirik festivalda aviatsiya va mudofaa sanoatining havo namoyishlari ham o‘tkaziladi.

Bugun festivalda “Turk yulduzlari” ikkinchi marta osmonga ko‘tariladi.

Festival maydonida ATAK vertolyotlari, HURKUS, CEZERİ, ANKA, Bayraktar TB2, Bayraktar TB3 va Bayraktar AKINCI, shuningdek, quruqlik va dengiz transport vositalari ham o‘rin oladi.

Festivalda sahna tomoshalari, ko‘rgazmalar, ta’limiy amaliy mashg‘ulotlar, simulyatsiya tajriba maydonlari, planetariy, ilmiy shoular, “TEKNOFEST vaqt tunneli”, milliy dengiz, quruqlik va havo transport vositalari ko‘rgazmasi, yarmarka tadbirlari hamda o‘quvchilar uchun maxsus ilk parvoz tadbirlari kabi ko‘plab imkoniyatlar taqdim etiladi.

Festivalning ikkinchi kuni yakunida konsert ham bo‘lib o‘tadi.

TEKNOFEST Janubi-sharq 4-oktabrgacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.