DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan hujumida 17 kishi halok bo‘ldi
Isroil o‘t ochishni to‘xtatish yoki otashkesimga qaramay Livanga qarshi yana hujum uyushtirdi va unda 17 kishi halok bo‘ldi.
Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan hujumida 17 kishi halok bo‘ldi
_

Livan davlat axborot agentligi NNA xabariga ko‘ra vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Isroil juma kuni (01.05.2026) Livan janubiga qarshi yana uyushtirdi. Unda kamida 17 kishi halok bo‘lar ekan, ko‘pchilik tan jarohati oldi.

NNA Sog‘liqni Saqlash vazirligiga tayanib bergan xabarda, juma kuni (01.2026) Isroil hujumi Nabatiya al - Favka hududini nishonga olgani, ikki kishi halok bo‘lgani va 10 kishi yaralangani aytildi.

Shu bilan birga, qutqaruv guruhlari kechasi uyushtirilgan hujum paytida Kfar Roummane hududida urilgan bino vayronalari ostidan besh nafar jasad chiqardi.

Agentlik xabariga ko‘ra Isroil harbiy samolyotlari nishonga olgan binoning ortidan, Harbiy bo‘lmagan mudofaa kuchlari bilan «Islomiy Risola Izchi uyushmasi»ga qarashli tez yordam brigadalari Nabatiyada vayronalarni tozalagan.

Dayr Kanun Ras al - Ayn hududida amalga oshirilgan Isroil havo hujumida ikki kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Sur sharqidagi Ayn Baal hududida bir uyning bombardimon qilinishi natijasida esa livanlik bir ayol halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra Nabatiya tumaniga qarashli Habbouch hududida olti kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi esa tan jarohati olgan. Halok bo‘lganlar orasida bir nafar yosh bola bilan bir nafar ayol kishi ham bo‘lgan.

Bint Jubayl tumanidagi Burch Kalaviya hududini nishonga olgan Isroil havo hujumida yana bir kishi halok bo‘ldi.

Isroil 2 - martdan beri Livanga qarshi hujum qilishda davom etmoqda. Bu hujumlar Hizbullohning Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlariga javob tariqasida bergan zarbalaridan keyin boshlandi. Unda, 2 ming 600 nafardan ortiq inson halok bo‘lgan, 1 million nafardan ortiq inson esa o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

17 - aprelda boshlangan 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi keyinchalik 17 - maygacha uzaytirildi ammo Isroil havo hujumlari va uylarni vayron qilish orqali bu kelishuvni har kuni buzishda davom etmoqda.

Isroil, shuningdek, Hizbulloh hujumlarini oldini olishni maqsad qilganini bildirgan tampon hududni Livan janubida himoya qilmoqda. Bundan oldin ham 2024 - yilning noyabr oyida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Boxabar bo'ling!
Isroilning diaspora ishlari vaziri Chikli: Makron bizning orqamizdan pichoqladi
BMT Xavfsizlik Kengashi Pokiston shimoli-g‘arbidagi halokatli terror hujumini qoraladi
Eron bosh muzokarachisi AQSHni “teatr diplomatiyasi”da aybladi
Rossiya havo mudofaasi insonsiz havo transportlari hujumini qaytardi
Zelenskiy: «Havo mudofaasi uchun yetkazib berilgan raketalar soni kamaydi».
Rossiyaning raketa va dron hujumlari Kiyev atrofida 14 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Sun’iy intellekt xakerlarga ustunlik bermoqda: O‘zimizni qanday himoya qilamiz?
Afg‘onistonda bolalar ocharchilik xavfi ostida
Ukraina Prezidenti Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi operatsiyalarni ma’qulladi
Vashingtondagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Venesuelada yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi
Gazprom: Yevropadagi gaz omborlarida yuzaga kelgan taqchillik ta’minot uchun xavf tug‘dirmoqda
Rosatom: Qora dengizda dron hujumiga uchragan konteyner kemasi cho‘kdi
Moskvada yuz bergan portlashda uch kishi halok bo'ldi
Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar soni uch nafarga yetdi
Yaponiyadagi zilzilada 30 kishi halok bo‘ldi, qidiruvlar davom etmoqda
Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi
Putin: Rossiya o‘z maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi
Janubiy Kore Shimoliy Kore va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatmoqda
Pokiston shimoli-g‘arbidagi politsiya nazorat punktiga hujumda 15 kishi halok bo‘ldi