Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlari muloqot qildi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Hakan Fidan - Abbos Aroqchi
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi manbalariga ko‘ra, suhbat davomida mintaqadagi so‘nggi vaziyat hamda Eron va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi muzokaralar jarayonining bugungi holati muhokama qilindi.