SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Pokiston - Malayziya hamkorligi kuchaytiriladi
Pokiston bilan Malayziyaning xavfsizlik sohasidagi hamkorligi kuchaytiriladi.
Pokiston - Malayziya hamkorligi kuchaytiriladi
_

Pokistonning rasmiy axborot agentligi Associated Press of Pakistan (APP) xabariga ko‘ra, Naqviy, mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Sayfuddin bilan poytaxt Islomobodda uchrashdi.

Ikki vazir uchrashuvda o‘zaro munosabatlar hamda ichki xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Vazirlar terrorizm va giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda razvedka ma’lumotlari almashinuvi, xavfsizlik muammolariga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ikki davlat politsiya akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Naqviy bilan Sayfuddin vazirliklar o‘rtasida qo‘shma ishchi guruh tuzish hamda sohil xavfsizligi kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha ham kelishuvga erishdi.