DUNYO
2 daqiqa o'qish
Suriyada parlament saylovlari bo'lib o'tdi
Saylovdagi davomat Hasaka provinsiyasida 92 foizni, Ayn al-Arabda 95 foizni va Qamishli okrugida 75 foizni tashkil etdi.
Suriyada parlament saylovlari bo'lib o'tdi
Saylov kollegiyalari a’zosi Asad agʻdarilganidan keyingi yangi Suriya parlamenti nomzodlarini tanlash uchun ovoz bermoqda, Hasaka, Suriya, 2026-yil 24-may. / Reuters

Suriya saylov komissiyasi mamlakat Xalq Majlisi (parlamenti) aʼzoligiga shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarning qator tumanlaridan saylangan nomzodlar roʻyxati hamda ovoz berish natijalarini eʼlon qildi.

Parlament saylovlari boʻyicha Oliy qoʻmita matbuot kotibi Navar Najmeh yakshanba kuni SANA axborot agentligiga bergan bayonotida Ayn al-Arab (Halab) okrugidan Farhod Anvar Shahin va Shavax Ibrohim al-Assaf deputatlikka saylanganini maʼlum qildi. Shuningdek, Hasakada Ibrohim Mustafo al-Ali, Omar Iso Hayes va Fasla Xader Yusuf, Qamishlida esa Kim Husayn Ibrohim, Radvon Usmon Eiso, Abdul Halim Xader al-Ali hamda Mahmud Madi al-Ali gʻalaba qozonib, parlamentdan oʻrin oldi.

SANA agentligining qayd etishicha, Hasakaning al-Malikiyah tumaniga ajratilgan mandatlar uchun atigi ikki nafar nomzod roʻyxatdan oʻtgani sababli ular saylovda raqobsiz gʻolib deb topilgan.

Najmehning soʻzlariga koʻra, saylovchilar faolligi Hasakada 92 foizni, Ayn al-Arabda 95 foizni va Qamishlida 75 foizni tashkil etgan. Matbuot kotibi oʻtkazilgan saylovlarni muvaffaqiyatli deb eʼlon qildi.

“Hasaka aholisining ovozi butun Suriya xalqi va dunyo hamjamiyati oldida baland yangradi, ular oʻzlarining ijtimoiy-siyosiy salohiyatlarini namoyish eta oldilar. Bu muvaffaqiyatli saylov yangi Suriya qiyofasini shakllantirishda muhim burilish nuqtasi boʻldi. U aholining yagona va qudratli milliy maydonning faol qismiga aylanish istagini yaqqol koʻrsatdi”, — dedi u.

Avvalroq rasmiylar Ayn al-Arabda 100 kishidan iborat saylov kollegiyasidagi 2 ta oʻrin uchun 12 nafar, Hasakada 150 nafar saylovchi ishtirokida 3 ta oʻrin uchun 13 nafar, Qamishlida esa 198 aʼzoli saylov kollegiyasida 4 ta oʻrin uchun 7 nafar nomzod kurash olib borganini maʼlum qilgan edi.

Rejim qulaganidan keyingi ilk saylovlar

Suriyada 2024-yil oxirida Bashar al-Assad rejimi agʻdarilganidan keyingi dastlabki parlament saylovlari 2025-yilning oktabr oyida oʻtkazilgan edi. Oʻshanda mamlakat saylov komissiyasi xavfsizlik muammolari sababli Suvayda, Raqqa va Hasaka viloyatlaridagi ovoz berish jarayonlarini kechiktirishga majbur boʻlgandi. Joriy yilning mart oyida esa Raqqa viloyatida ham saylovlar muvaffaqiyatli yakunlanib, 90 foizdan yuqori davomat qayd etilgan holda toʻrtta nomzod parlament aʼzoligiga saylandi.

Maʼlumot oʻrnida, 210 nafar deputatdan iborat Xalq Majlisining vakolat muddati 30 oyni tashkil etadi. Ushbu muddat toʻrt yillik oʻtish davri doirasida yangilab borilishi, zarurat tugʻilganda yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Parlament qonun loyihalarini taklif qilish va qabul qilish, amaldagi qonunlarga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish, davlat budjetini tasdiqlash hamda amnistiya eʼlon qilish kabi keng vakolatlarga ega.

Boxabar bo'ling!
Eron Inqilobiy gvardiyasi: “Hormuz bo‘g‘ozida MQ-1 uchuvchisiz apparati urib tushirildi”
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi hujumlar davom etmoqda
Halabdagi portlashlarda to‘rt kishi yaralandi
Saudiya Arabistoni husiylarning Ar-Riyodga otgan ballistik raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi
AQSHda sun’iy intellekt kompaniyalari ustidan raqobat qonunlarini buzganlik da’vosi bilan sudga muro
AQSH Yaqin Sharq uchun xavfsizlik ogohlantirishini e’lon qildi
AQSh Ukraina uchun 2,68 milliard dollarlik havo mudofaasi paketini ma'qulladi
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
Aroqchi Xitoy tashrifidan so‘ng: Bugun qabul qilingan qarorlar strategik muvozanatni belgilaydi
Janubiy Koreya va Fransiya uch yillik tanaffusdan so‘ng ilk qo‘shma havo mashg‘ulotini o‘tkazdi