DUNYO
2 daqiqa o'qish
PKK terror tashkiloti Turkiyadan butunlay chiqib ketganini e'lon qildi
PKK terror tashkiloti a’zolari Anqaraning «Terrorsiz Turkiya» tashbabbusi doirasida muhim qadam tashladi va shu doirada Iroqning Sulaymoniya shahrida bayonotlar berdi.
PKK terror tashkiloti Turkiyadan butunlay chiqib ketganini e'lon qildi
_
26 октябр 2025

PKK terror tashkiloti bugun (26.10.2025) barcha unsurlari Turkiyadan Shimoliy Iroq tomon o‘tganini e’lon qilishi bilan Anqaraning terrorsiz Turkiya tashabbusida muhim shaxdam qadam tashlandi.

PKK, Iroq shimolida o‘rin olgan Sulaymoniya viloyati yaqinidagi Qandilda bergan bayontida, Turkiya chegaralaridagi barcha kuchini olib ketishi haqidagi qarorini yo‘lga qo‘yayotganini bildirdi.

Bayonotda aytilishicha, terror tashkiloti qurolli faoliyatini to‘xtatish haqidagi qarorini joriy yilning may oyida qamoqdagi yetakchisi Abdullah O‘jalanning ko‘rsatmalari asosida qabul qilan.

Turkiya tuproqlaridan chiqib ketgan PKK terror tashkilotining 23 nafar a’zosi ham bayonot berilgan maydonda edi.

PKK a’zolarining bir qismi joriy yilning iyul oyida qurol tashlar ekan, bu qadam Turkiya tomonidan «ortga qaytish imkoni bo‘lmagan burlish nuqtasi» sifatida baholandi.

Turkiya, AQSh va Yevropa ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb tan olingan bu guruh 1980 - yillardan beri Turkiyada o‘n minglab inson umriga zomin bo‘ldi.

Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) raisi o‘rinbosari Efkan Ala, oxirgi kunlarda yuz bergan voqealar va tashlangan qadamlarni «terrorni yo‘q qilish yo‘lidagi yana bir muhim bosqich», deb atar ekan: «Uzoq yillar davomida xalqimiz yo‘liga monelik qilgan terrorizmning to‘liq yo‘q qilinishi bilan yangi davr darvozalari ochiladi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ak partiyaning Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, PKK terror tashkilotining Turkiya ichidagi unsurlari bilan Iroq va Suriyadagi qurolli va noqonuniy tuzilishlarini tarqatib yuborish jarayonini, «terrorsiz Turkiya» tashabbusining aniq natijalari ekanini qayd etdi.

U bu tashabbusni demokratiyani barcha tahdidlardan himoya qilish uchun tashlangan strategik va tarixiy qadam deb baholar ekan, buning terror tashkilotlari orqali imperial ta’sirni o‘rnatishga urinayotganlarga qarshi berilgan bir javob ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning kuchli davlat rahbarligi va milliy birdamlik, birodarlik va demokratiya komissiyasi faoliyatlari bilan yuritilgan bu jarayon ijobiy natijalar berishda davom etayotganiga ham e’tibor qaratgan Chelik, Turkiya mintaqada beqarorlik yaratishni ko‘zlagan har qanday sa’y - harakatlarga qarshi o‘z yo‘l xaritasini qarorlilik bilan davom ettirishini ta’kidladi.

 

Boxabar bo'ling!