TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Shayx Hamad bin Xalifa al – Soniy uchun hamdardlik bildirdi
Prezident Erdo‘g‘an Shayx Hamad bin Xalifa al – Soniy uchun Qatar va qatar xalqiga hamdardlik bildirdi.
Erdo‘g‘an Shayx Hamad bin Xalifa al – Soniy uchun hamdardlik bildirdi
_

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, Qatar davlatining sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa al - Soniy vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ma’lum qildi.

Erdogan marhum Shayx Hamad bin Xalifa al - Soniy bilan bosh vazirlik faoliyati davrida xalqaro maydonda yaqin hamkorlik qilganini yodga olib, mavzu haqida shunday dedi:

“Turkiya va Qatar davlati ortasidagi siyosiy, savdo, harbiy, gumanitar va madaniy aloqalarning bugungi yuksak darajaga yetishida ulkan hissa qoshgan, Islom olamining tinchligi, mintaqamiz barqarorligi va Qatar xalqining farovonligi yolida samimiy sa’y -harakatlariga guvoh bolganim Shayx Hamad bin Xalifa al - Soniyga Allohdan rahmat tilayman”.

Erdogan so‘zlari davomida, avvalo, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniyga; keyin esa marhum sobiq amirning oila a’zolariga, dost va qardosh Qatar xalqi hamda butun Islom olamiga shaxsi, oilasi va turk xalqi nomidan chuqur hamdardlik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Qatar, kecha, 12 - iyul kuni 1995–2013-yillarda mamlakatni boshqargan sobiq amir Shayx Hamad bin Xalifa al - Soniy 74 yoshida vafot etganini ma’lum qilgandi.