TURKIYA
1 daqiqa o'qish
AQSh Prezidenti Donald Tramp Anqaraga tashrif buyurdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Oliy martabali mehmonni shaxsan o’zi kutib oldi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Anqaraga tashrif buyurdi
Erdogʻan Trampni Esenbogʻa aeroportiga yetib kelganida shaxsan kutib oldi. / AA

Tashrif doirasidagi uchrashuvlarda Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar mudofaa, savdo va investitsiyalar kabi barcha yo‘nalishlarda muhokama qilinadi.

Prezident Erdo‘g‘an Trampni Anqara aeroportiga yetib kelganida shaxsan o’zi kutib oldi. Keyinroq prezidentlik majmuasida rasmiy kutib olish marosimi o‘tkaziladi, shundan so‘ng ikki prezident mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar hamda delegatsiyalar darajasidagi uchrashuvlarni amalga oshiradi. Shuningdek, yetakchilarning matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.

Seshanba kuni ertaroq AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Den Keyn Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasi — Anitkabirni ziyorat qildi. Keyn AQSh delegatsiyasi hamrohligida Otaturk maqbarasiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.

NATOga a’zo davlat va hukumat rahbarlari hamda asosiy hamkor mamlakatlar yetakchilari ittifoqning 2026-yildagi sammiti uchun Anqarada jam bo‘lishmoqda. Sammit o‘tgan yili Gaagada kelishilgan mudofaa xarajatlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordamni davom ettirish va mudofaa sanoati ishlab chiqarishini kengaytirishga qaratiladi.