Bosh vaziri Friedrich Merz Germaniya poytaxti Berlin shahrida Yevropa ittifoqi (YI) kengashi rahbari Antonio Kosta bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
AQShdan kelgan delegatsiya Ukrainada muzokaralar olib borayotganiga ishora qilgan Merz: «Ayni paytda Rossiya hukumati va Rossiya Davlat rahbari urushni tugatish uchun jiddiy muzokaralarga tayyor ekanini ko‘rsatuvchi alomatlarni deyarli ko‘rmayapmiz» - dedi.
Ularning qo‘lidagi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda diplomatik yo‘l bilan yechim topishga harakat qilayotganliklarini bildirgan Merz: «Biroq Rossiya hukumati muzokara, muloqot va diplomatik yechimga qaratilgan barcha chaqiriqlarga o‘zini yopib qo‘yar ekan, hozircha buning amalga oshish imkoniyatini nisbatan past deb bilaman» - deya ta’kidladi.
Diplomatik yechim topishga qaratilgan sa’y - harakatlarni davom ettirishlarini qayd etgan Merz, Ukrainani qo‘llab - quvvatlash uchun amalga oshirilayotgan barcha ishlar urushning davom etishiga emas, balki uning yakunlanishiga xizmat qilishini bildirdi.
Jurnalistning savoliga javoban Germaniyaning Saksoniya - Anhalt federal yerida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan AfD partiyasini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish haqidagi munozaralarni ham baholagan Merz, bunday taqiqlash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanishiga shubha bilan qarashini ifoda etdi.
Mavzu haqida: «Bu partiyani taqiqlash bilan muammo hal bo‘ladi, deb o‘ylamayman» - degan Merz, asosiy ustuvor vazifa AfD bilan siyosiy jihatdan kurashish bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Merz shuningdek: «Kim Germaniyaning Yevropa ittifoqiga a’zoligini shubha ostiga qo‘ysa, YI, yevro va shengen hududidan chiqishni istasa, mamlakatimiz farovonligining muhim qismini xavf ostiga qo‘yadi» - der ekan so‘zlari davomida, shu sababli Yevropa ittifoqining rivojlanishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini bildirdi.
«Urush tugamayotganining yagona sababi — Rossiyaning bunga tayyor emasligidir».
Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Antonio Kosta ham Ukraina urushi boshlanganidan beri adolatli va barqaror tinchlik uchun kurashib kelayotganliklarini ta’kidladi.
U mavzu haqida: «Urush tugamayotganining yagona sababi — Rossiyaning bunga tayyor emasligidir» - dedi.
Rossiyani urushni tugatishga, sulhga tayyorligini e’lon qilishga va muzokara stoliga o‘tirishga ko‘ndirish maqsadida olib borilayotgan barcha diplomatik sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashlarini ta’kidlagan Kosta: «Tinchlik vaqti keldi va Rossiya urushni tugatishi kerak» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Kosta, shuningdek, bu tinchlik adolatli va uzoq muddatli bo‘lishi kerakligini o‘z so‘ziga ilova etdi.













