G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
G‘azoda falastinlik yana bir chaqaloq halok bo‘ldi
Isroil boshlagan urush natijasida G‘azoning harbiy bo‘lmagan infratuzilmasining qariyb 90 foizi vayron bo‘ldi. Eng yomoni, yuz minglab falastinlik haligacha uy - joysiz va sovuq qish kunlarida chodirlarda jon saqlashga urinmoqda.
G‘azoda falastinlik yana bir chaqaloq halok bo‘ldi
_
18 январ 2026

G‘azoning janubida haddan tashqari sovuq havo oqibatida falastinlik bir chaqaloq halok bo‘ldi. Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga to‘liq amal qilmayotganining ham ta’sirida, to‘qnashuvlar susayishi kutilgan oylardan keyin ham tinch aholining halok bo‘lishi va bu holatning haligacha davom etayotgani na qadar og‘ir va fojeali manzara ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etmoqda.

Xon Yunus shahridagi Nasser shifoxonasining tibbiy manbalari ma’lum qilishicha, 27 kunlik Oysha Ayesh al - Agha shanba kuni kuchli sovuq havo yuzasidan hayotdan ko‘z yumgan. G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra mavsum boshidan buyon qish sharoitlari oqibatida vafot etgan bolalar soni sakkiz nafarga yetgan.

Hukumat Media ofisi bildirishicha, Isroil boshlagan urush natijasida G‘azoning harbiy bo‘lmagan infratuzilmasining qariyb 90 foizi vayron bo‘lgan. Eng yomoni, yuz minglab falastinlik haligacha uy - joysiz va chodirlarda yoki tuzilma jihatidan xavfsiz bo‘lmagan binolarda jon saqlamoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘limi ham aynan shunday sharoitlarda sodir bo‘ldi.

Isroil otashkesim qoidalariga amal qilmayapti

2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan sulhning birinchi bosqichiga qaramay Isroil chegaradagi o‘tish punktlarini qayta ochish, qamal ostidagi hududga yetarli miqdorda oziq - ovqat, tibbiy anjomlar, yoqilg‘i va boshpana materiallari kiritilishiga ruxsat berish kabi asosiy majburiyatlarni bajarmadi.

Falastinlik rasmiylar bu cheklovlar gumanitar inqirozni yana - da chuqurlashtirayotgani va oilalarning bolalarini qattiq qish sharoitlaridan himoya qila olmasligiga olib kelayotganini ta’kidlamoqda.

So‘nggi bo‘ronlar vaziyatni yana - da og‘irlashtirar ekan uy - joysiz qolganlarr o‘rnatgan chodirlar parchalandi, lagerlar suv ostida qoldi, Isroil bombardimoni oqibatida allaqachon zaiflashgan binolar qulab tushib, aholining ba’zan vayronalar ostida qolib ketishiga yo‘l ochdi.

Falastinliklar 2023 - yilning oktabr oyidan buyon davom etayotgan urushda asosan ayollar va yosh bolalardan iborat 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgani va 171 ming nafardan ortiq inson esa yaralanganini ma’lum qildi. Eng yomoni, Isroili otashkesimga qaramay hujumlarini davom ettirmoqda. Hatto, otashkesim yo‘lga qo‘yilganidan beri G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra kamida 464 nafar falastinlik halok bo‘lgan va qariyb 1 ming 280 kishi yaralangan.

Gumanitar yordam tashkilotlarining qayd etishicha, agar insonparvarlik yordamiga cheklovsiz kirish va yetarli boshpana ta’minlash imkoni berilmagudek bo‘lsa unda bolalar orasida o‘limlar soni ortishi mumkin.