G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil haligacha G‘azoda hujum uyushtirmoqda
Isroil otashkesimga qaramay haligacha G‘azoning turli hududlarida hujum uyushtirmoqda.
Isroil haligacha G‘azoda hujum uyushtirmoqda
_
17 декабр 2025

Guvohlarning bildirishicha, joriy yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan otashkesim kelishuviga qaramay bugun (17.12.2025) ertalab Isroil armiyasi Gazodagi bir nechta hududda hujum uyushtirgan.

Isroil o‘qlari Xon Yunus shahrining janubi - sharqiy qismi bilan Gazo janubida joylashgan Rafoh shahrining shimolidagi Morag yolagi atrofini nishonga olgan.

Gazo markazida esa Isroil harbiy texnikalari bilan buldozerlari Dayr al - Balah shahriga shimoli - sharq tomoni orqali kirib borgan holda hududda kuchli qurol ovozlari ostida yer qazish ishlari yuritgan.

Shuningdek, Isroil artilleriyasi Gazodagi Jabaliya qochqinlar lagerining sharqiy qismlarini ham oqqa tutgan.

Qurbon bo‘lganlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot yoq.

Gazo Sogliqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga kora otashkesimdan buyon Isroil hujumlari oqibatida kamida 393 kishi halok bo‘lgan, 1 074 kishi esa yaralangan.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri Gazoga qarshi olib borayotgan genotsid urushida, asosan ayollar va bolalardan iborat qariyb 70 700 kishini o‘ldirdi, 171 mingdan ortiq insonni yaraladi va mintaqani vayronaga aylantirdi.