2026 FIFA Jahon kubogi D guruhida Avstraliyaga 2 - 0 hisobida yutqazgan Turkiya milliy terma jamoasi a’zolaridan Abdulkerim Bardakchi, guruhdagi qolgan 2 ta o‘yinda g‘alabaga erishgan holda yo‘lga davom etishlarini bildirdi.
BC Place stadionida o‘tkazilgan o‘yin ortidan aralash maydonda matbuot vakillariga izoh bergan Abdulkerim Bardakchi, o‘yinni nazorat ostida ushlab turganliklarini ta'kidladi.
Qarshi hujumlardan gol yeganliklarini ta’kidlagan tajribali futbolchi mavzu haqida:
«Mashq qilgandik ammo mashq qilgan joyimizdan gol yeb qoldik ammo lekin bular futbolning ichida bo‘ladi albatta. Biz juda yaxshi jamoamiz, juda iste’dodli o‘yinchilarimiz bor. Xudo xohlasa oldimizdagi 2 ta o‘yinni yutib, yo‘lga davom etamiz. Yechinish xonasida hech qanday vaziyat yo‘q, hamma juda xafa. Menimcha yomon o‘ynamadik faqat gol ura olmadik. O‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yo‘qolmadi. Oldimizdagi 2 ta o‘yinni yutib davom etamiz» - degan ifodalarga ovrin berdi.
Raqiblarining asosan himoyada qolganini ifoda etgan Abdulkerim Bardakchi: «Bugun ular faqat 10 daqiqa o‘ynashdi. Bular futbolning ichida bor. Yo‘limizga yana - da kuchliroq davom etamiz» - dedi.
















