Hurmuz bo‘g‘ozida bir kemaga noma’lum jism kelib urilgani ma’lum qilindi.
Buyuk Britaniya Dengiz savdo operatsiyalari markazi — UKMTO tomonidan berilgan yozma bayonotda Hurmuz bo‘g‘ozida noma’lum jism kemaning dvigatel bo‘limiga kelib urilgani bildirildi.
UKMTO ekipaj a’zolari orasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini, ayrim ekipaj a’zolari esa Ummon Sohil xavfsizlik kuchlari tomonidan qutqarilayotganini ma’lum qildi.
Rasmiylar hodisaning ko‘lami va tafsilotlarini o‘rganayotgani bildirildi.


















