19 октябр 2025
Fransiya Ichki ishlar vazirligi bugun (19.10.2025) bergan bayonotida, o‘g‘rilar Parijdagi Luvr muzeyiga deraza orqali kirib, bebaxo madaniy meroslardan biri bo‘lgan zargarlik buyumlari parchalarini o‘g‘irlab ketganini xabar qildi.
Vazirlik bayonotida shuningdek: «Tergov ishlari boshlatildi va o‘g‘irlangan buyumlarning batafsil ro‘yxati tuzilmoqda. Bu buyumlar bozor qiymatidan tashqari, ular beqiyos madaniy va tarixiy ahamiyatga egadir», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Hodisa davomida xalqdan, Luvr muzeyi xodimlari yoki huquqni muhofaza qilish organlaridan hech kim jarohat olmagani qayd etildi.
Muzey «X» ijtimoiy tarmog‘ida «favqulodda sabablarga ko‘ra» bir kun yopiq bo‘lishini ma’lum qildi.



















