DUNYO
1 daqiqa o'qish
Liviyada tez yordam vertolyoti halokatga uchradi
Liviyaning Al-Sarra bazasida tibbiy evakuatsiya vazifasini bajarib qaytayotgan tez yordam vertolyoti qulab tushdi.
Liviyada tez yordam vertolyoti halokatga uchradi
Arxiv fotosurati. Halokatda ikki xorijlik ekipaj a'zosi va uch liviyalik halok bo'ldi. / Reuters
14 соат олдин

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ushbu halokat oqibatida besh kishi hayotdan ko'z yumgan.

Mazkur hodisa Kufra shahridan taxminan 300 kilometr janubiy-sharqiy tomonda yuz bergan. Halok bo'lganlar orasida ikki nafar harbiy tashuv xizmati xodimi va Kufra shifoxonasining bir hamshirasi borligi aniqlangan.

Xabarlarga ko'ra, vafot etganlarning yana ikki nafari chet ellik fuqarolar bo'lib, ular uchuvchi va uning yordamchisi bo'lgan. Halokat sabablari haqida hozircha qo'shimcha ma'lumotlar mavjud emas. Libiya rasmiylari ushbu voqea yuzasidan hali hech qanday rasmiy bayonot berishmadi.