TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Turkiya mintaqani qayta shakllantirish harakatiga yo‘l qo‘ymaydi
Erdoʻgʻan milliy birlik hamda mudofaa sanoatidagi izchil yuksalishga urgʻu berar ekan, Anqara davom etayotgan toʻqnashuvlar sharoitida mintaqaviy fitnalarga qarshi turish uchun qatʼiy harakatga kelganini taʼkidladi.
Erdo‘g‘an: Turkiya mintaqani qayta shakllantirish harakatiga yo‘l qo‘ymaydi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Anqaradagi Prezident majmuasida oʻtkazilgan Prezident kabineti yigʻilishidan soʻng bayonot bermoqda. / AA

Anqarada boʻlib oʻtgan Vazirlar Mahkamasi yigʻilishidan soʻng soʻzga chiqqan Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Gʻazo, Livan, Yaman va Sudanda chegaralarni “qon va koʻz yoshlar evaziga qayta chizish”ga urinishlar kuzatilayotganini taʼkidladi.

“Mintaqamizda chegaralar yana qon va koʻz yoshlar bilan qayta chizilishiga urinilayotganini koʻrib turibmiz. Gʻazodan Livangacha, Yamandan Sudangacha — qayerga qaramaylik, bir xil ssenariy amalga oshirilayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Turkiya bu geosiyosiy oʻyinlarni barbod qilishga intilmoqda, shu bilan birga, soʻnggi 23 yil ichida qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash uchun kurashmoqda”, — dedi Turkiya rahbari.

Prezident mamlakat mudofaa sanoatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishganini qayd etib, mintaqaviy va global miqyosdagi tub burilishlar davrida ham Turkiya oʻzining uzoq muddatli strategik maqsadlariga sodiq qolayotganini eslatib oʻtdi.

Erdoʻgʻanning aytishicha, hukumat va hukmron ittifoq tarixiy oʻzgarishlar yuz berayotgan hozirgi pallada oʻz zimmasiga qanchalik ulkan masʼuliyat olganini yaxshi anglaydi. Shu bois, mamlakatning qimmatli vaqtini besamar bahs-munozaralar va ichki ziddiyatlarga sarflashga aslo haqqi yoʻq.

Prezident, shuningdek, Istanbul hamisha turk va musulmon shahri boʻlib qolishini taʼkidlar ekan, xalqni milliy birlik va birdamlikka chaqirdi.

“Bir boʻlamiz, yirik boʻlamiz, tirik boʻlamiz, birodar boʻlamiz va barchamiz birgalikda Turkiya boʻlib yoʻlimizda davom etamiz”, — deya xulosa qildi Erdoʻgʻan.

 

 

Boxabar bo'ling!
Turkiya Isroil bilan bog'liq tarmoqqa katta zarba berdi: 175 kishi hibsga olindi
Turkiya Braziliya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
Antaliyada o‘tadigan 77-Xalqaro astronavtika kongressi taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Erdo‘g‘an: Istanbul aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi global aloqani kuchaytiradi
Erdog‘an: «Turkiyani dunyodagi eng keng parvoz tarmog‘iga ega mamlakatlardan biriga aylantirdik»
Erdo'g'an BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga murojaat qiladi
Turkiya Makkaga yaqin hududda bartaraf etilgan dron hujumini qoraladi
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Akinji" droni "Sungur" raketasi bilan yuqori tezlikdagi nishonni yo‘q qildi
Fidan: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida urushdan oldingi holat tiklanishi lozim
Somalida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an: «Xalqimizni xavf-xatarlardan uzoq tutdik»
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytadi
Isroil matbuoti: Prezident Erdogan Turkiyani Oʻrta Sharqda qiyin bir ishtirokchiga aylantirdi
Fidan: Turkiya - Suriya munosabatlari mustahkam tus oldi
Hakan Fidan Suriyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Turkiya Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
Turkiya: Kipr turklari xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlaydi
Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida uchta yirik elektr energetikasi loyihasi rejalashtirilmoqda