AQSH Harbiy-havo kuchlari vaziri Troy Meink orbitadagi ushbu qurol AQSH kuchlarini dushman harakatlaridan himoya qilish uchun zarur ekanini aytdi.
Dushanba kuni Havo, koinot va kiber konferensiyasida so‘zlagan Meink AQSH rivojlanib borayotgan tahdidlarga tayyor ekanini ta’kidladi. Biroq u qurolning imkoniyatlari yoki orbitaga qachon joylashtirilgani haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Yuqori martabali harbiy rahbarlar avvalroq Rossiya va Xitoyning kelajakdagi to‘qnashuvlarda AQSH sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilish va ularni ishdan chiqarish usullarini ishlab chiqayotgan dasturlariga ishora qilib, koinotdagi harbiy imkoniyatlarni oshirishni rejalashtirayotganlarini bildirgan edi.
Prezident Donald Tramp ma’muriyati koinotga asoslangan imkoniyatlar va tutib qoluvchi raketalar AQSHni raketalar hamda havodan kelishi mumkin bo‘lgan boshqa tahdidlardan himoya qilish uchun rejalashtirilgan «Oltin gumbaz» mudofaa tizimining juda muhim qismi ekanini ma’lum qildi.






















