Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo mamlakatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari Rossiya poytaxti Moskva shahrida uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Sergey Shoygu G‘arb dunyodagi keskinlikni kuchaytirayotgani, bu esa global mojarolar yuzaga kelishi ehtimolini tobora oshirayotganini ta’kidladi.
Ukraina inqiroziga to‘xtalgan Shoygu AQSh Prezidenti Donald Tramp va uning jamoasining inqirozni hal etishga qaratilgan tashabbuslarini yuqori baholashini bildirdi.
Shoygu Yevropa mamlakatlari Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etayotganiga e’tibor qaratib, mavzu haqida shunday dedi:
«Ukraina va uning yevropalik tarafdorlari tinchlikka emas, urushni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy muammolar kuchayib borayotganiga qaramay, Kiyev barqaror tinchlikni ta’minlash imkonini beradigan uzoq muddatli yechimlarni muhokama qilishga tayyor emas».
Yevropani harbiylashtirish jarayoni davom etayotganini ta’kidlagan Shoygu, NATO Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi harbiy infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rayotganini bildirdi.
























