Bu yilgi (2026) Jahon chempionati chiptalari FIFA - ning rasmiy qayta sotish platformasida qimmatladi. Yanvar oyida asosiy sotuv bosqichi yakunlanar ekan ko‘plab chiptalar qayta taqsimlanishiga qaramay ko‘p o‘yinlar uchun o‘rinlar o‘z qiymatidan yoki asl narxidan bir necha barobar yuqori narxlarda sotuvga chiqdi.
FIFA rahbari Janni Infantino tomonidan chiptalar qayta sotish saytlarida haddan tashqari qimmat narxlarda sotilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlardan bir necha hafta o‘tib, bu xavotirlar jahon futboli tashkilotining o‘z platformasida aks etdi.
Chorshanba kuni (11.02.2026) holatiga ko‘ra 11 iyunda Mexiko shahridagi “Azteka” stadionida Meksika bilan Janubiy Afrika o‘rtasidagi ochilish o‘yini uchun uchinchi toifadagi o‘rin 5 ming 324 dollar deb belgilangan; uning dastlabki narxi esa 895 dollar edi.
Joriy yilning 19 - iyuli kuni Nyu - Jersi shtati, Ist - Rezerford shahrida o‘tadigan Jahon chempionati finali uchun uchinchi toifadagi o‘rin 143 ming 750 deb e’lon qilindi — bu uning dastlabki yoki asl narxi 3 ming 450 dollardan 41 barobardan ko‘proqdir.
Final uchun eng arzon chipta 9 ming 775 dollar deb ro‘yxatga olingan.
Ayrim holatlarda esa ba’zi narxlar pasaygan.
Kaliforniyadagi “Levi’s” stadionida Avstriyaning Iordaniya bilan guruh o‘yini chiptasi, ilk xaridor to‘lagan 620 dollar o‘rniga 552 dollarga taklif qilindi.
FIFA o‘z shartlarida faqat o‘rtamchi sifatida ishtirok etishi va 15 foizgina komissiya olishi hamda narxlarni qayta sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi. Mavzu haqida esa: “Umuman olganda, FIFA World Cup 26 uchun qabul qilingan narx belgilash modeli, yirik ko‘ngilochar va sport tadbirlari uchun amaldagi bozor qoidalarini aks ettiradi”. - dedi.
Qayta sotish bozori AQSh va Kanadada tartibga solinmagan.
Meksikada esa chipta mahalliy valyutada sotib olingan bo‘lsa, qayta sotish taqiqlangan.
FIFA sotuv bosqichlarida “o‘zgaruvchan narx belgilash”ni qo‘llagani ammo dinamik narx belgilash modelini joriy etmaganini bildirdi.










