Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan yakshanba kuni Eron va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida mintaqa davlatlari qo‘llab - quvvatlovi bilan o‘tkazilgan muzokaralar “oldinga tashlangan bir qadam” ekanini ifoda etdi.
Pezeshkiyan X tarmog‘ida: “Muloqot har doim tinch yo‘l bilan yechim topish strategiyamiz bo‘lib kelgan”, - deb yozib qoldirar ekan, Eronning yadroviy masalaga yondashuvi “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bilan kafolatlangan huquqlar”ga asoslanishini ta’kidladi.
Eron prezidenti, shuningdek, mamlakat “hurmatga hurmat bilan javob berishini, ammo zo‘ravonlik tilini qabul qilmasligini” - qayd etdi.
Eron va AQSh juma kuni, AQSh pPrezidenti Donald Trampning mamlakatga harbiy aralashuv tahdidi sabab yuzaga kelgan bir necha haftalik keskinlikdan so‘ng bilvosita yadroviy diplomatiyani qayta boshladi.
Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Arakchi muzokaralarni “yaxshi boshlanish” deb atab, ishonch muhiti yaratilsa, uchrashuvlar davom etishi mumkinligini bildirdi.
Jarayonni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ifoda etgan Arakchiga ko‘ra, tomonlar keyinchalik Ummonning Maskat shahrida yana uchrashishi mumkin. U “mudofaa masalasi” deb atagan Eronning raketa dasturi hozir ham, kelajakda ham muzokara mavzusi emas.














