Fransiya prezidenti Emmanuel Macron infratuzilma xizmatlari Rossiya tomonidan nishonga olinayotgan Ukrainaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolanganini ma’lum qildi.
Emmanuel Macron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BMT 81-Bosh assambleyasi doirasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan “jadal muzokara” o‘tkazganini bildirdi.
Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlari millionlab ukrainaliklarni elektr energiyasi va isitish xizmatlaridan mahrum qilganiga e’tibor qaratgan Macron Fransiya Ukrainaning qishdan chiqishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Macron Zelenskiy bilan Ukrainaga radar va havo mudofaa tizimlarini yetkazib berishga doir bitim imzolaganini ham ma’lum qildi.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini AQSh prezidenti Donald Trump bilan ham muhokama qilganini aytgan Macron energetika xavfsizligini ta’minlash uchun Qora dengizda osoyishtalik o‘rnatishga chaqirdi.
BMT 81-Bosh assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkda bo‘lgan Macron AQSh prezidenti Trump bilan ham uchrashgan va muzokara ancha samarali o‘tganini aytgan edi.























