AQSh Prezidenti Donald Tramp Fransiyaning Evian - le - Ben shahrida bo‘lib o‘tgan G - 7 sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Zelenskiy uchrashuvga oid fotosuratlarni Telegramdagi sahifasi orqali bo‘lishib, mavzu haqida shunday dedi: «Pozitsiyalarimizni har doim bir yo‘nalishga moslashtirib borish nihoyatda muhim».
Muhim uchrashuvda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio hamda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov ham ishtirok etdi.
Zelenskiy uchrashuv tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi. AQSh Prezidenti Tramp esa Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida jurnalistlarga Zelenskiy bilan «juda yaxshi» uchrashuv o‘tkazganiga e’tibor qaratdi.
Kuch orqali tinchlik ta’kidi
Sammit doirasida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Andrey Sibixa o‘rtasida ham ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv ortidan Sibixa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bayonot berib, unda, AQShning Eron bilan erishgan kelishuvini tabrikladi. Mavzu haqida esa:
«Ushbu qadam mintaqaga xavfsizlik, energiya bozorlariga esa barqarorlik olib kelishidan umidvormiz» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Sibixaning ta’kidlashicha, nomi tilga olingan kelishuv Rossiya - Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha AQSh rahbarligidagi tinchlik sa’y - harakatlariga yangi sur’at olib kirishi mumkin.
Uning aytishicha, uchrashuv davomida front chizig‘idagi so‘nggi vaziyat hamda tomonlar tomonidan amalga oshirilgan uzoq masofali hujumlar ham muhokama qilingan.
Ukraina Tashqi Ishlar vaziri mavzu haqida shunday dedi:
«Biz kuch yo‘li orqali tinchlikka erishish yo‘lidagi harakatlar jadal tus olayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu jarayonda AQShning kuchli yetakchiligi va qat’iyatiga ishonchimiz komil».

















