DUNYO
2 daqiqa o'qish
Pokiston Afg‘onistonning insonsiz havo transportlarini urib tushirganini ma'lum qildi
Pokiston Afg‘oniston hududidan uchirilgani aytilgan to‘rtta IHT - ni urib tushirganini ma'lum qilar ekan, Kobul, harbiy - havo kuchlari Pokiston hududidagi DEAShga tegishli ekani taxmin qilinayotgan yashirin maskanlarga zarba berganini iddao etdi.
Pokiston Afg‘onistonning insonsiz havo transportlarini urib tushirganini ma'lum qildi
_

Pokiston armiyasi chorshanba kuni Afg‘oniston hududidan uchirilgan to‘rtta oddiy turdagi insonsiz havo transporti tushirganini ma’lum qildi. Kobul esa Pokiston hududida joylashgani aytilayotgan DEASh lagerlariga qarshi muvaffaqiyatli zarbalar berganini iddao qildi.

So‘nggi voqealar ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi taranglikni yana - da kuchaytirdi. O‘tgan hafta Pokiston janubidagi port shahri Karachidagi xavfsizlik obyektiga qarshi terrorchilik hujumi uyushtirilgan edi. Shundan so‘ng Islomobod Afg‘oniston hududidagi terrorchilar yashirinib turgan maskanlarga havo hujumlarini amalga oshirdi.

Pokiston armiyasi bayonotida aytilishicha, mamlakatning havo mudofaasi tizimi seshanba kuni janubi - g‘arbdagi Balujiston viloyatida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tomonidan «Afg‘oniston nazoratidagi hududlarda faoliyat yuritayotgan terrorchi guruhlarni qo‘llab - quvvatlash va himoya qilish maqsadida» uchirilgan dushman insonsiz havo transportlarini zudlik bilan aniqlab, zararsizlantirgan.

Bayonotda shunday deyiladi: «Agar Afg‘oniston Tolibon harakati Pokistonni ig‘vo qilishda davom etsa, bunga munosib va qattiq javob beriladi».

Tolibon muvaqqat hukumati Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi o‘rinbosari Sodiqulloh Nasratning ma'lum qilishicha, Afg‘oniston harbiy - havo kuchlari Bolujiston hamda Pokistonning shimoli - g‘arbidagi Haybar Paxtunxva viloyatida joylashgani iddao qilinayotgan DEASh lagerlariga havo zarbalari bergan va terrorchi guruhga «katta talafot hamda jiddiy moddiy ziyon» - yetkazgan.

Nasrat X ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilgan bayonotida havo hujumlari «yuqori aniqlik bilan» amalga oshirilgani va tinch aholi orasida qurbonlar qayd etilmaganini bildirdi.

So‘nggi yillarda Pokistonda sodir etilgan ko‘plab terrorchilik hujumlari ortidan ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi. Bu esa chegarada bir necha bor qurolli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.

Islomobod Kobulni terrorchilarga o‘z hududidan foydalanishga imkon berayotganlikda ayblamoqda. Afg‘oniston esa bu ayblovlarni rad etmoqda.