Sog‘liqni Saqlash vaziri Kemal Memisho‘g‘lu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, Suriyaga bo‘lgan rasmiy tashrif doirasida hamkasbi doktor Musab Nazzal al -Ali bilan Turkiya Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi va Suriya Arab Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi o‘rtasida sog‘liqni saqlash hamda tibbiyot fanlari sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzolaganliklarini ma’lum qildi.
Memisho‘g‘lu mavzu haqida:
«Mazkur kelishuv doirasida jamoat salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va ona - bola salomatligini yaxshilash, eng avvalo sog‘liqni saqlash tizimlarini mustahkamlash, dori vositalari, tibbiy asbob - uskunalar va vaksinalarni ishlab chiqish hamda tibbiy biotexnologiya sohalarida bilim va texnik tajriba almashish, ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish, sog‘liqni saqlash axborot tizimlari hamda tibbiy turizmni rivojlantirish masalalarida o‘zaro kelishuvga erishildi. Ushbu bitim Suriyaga oid sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligimizni yanada yuqori bosqichga olib chiqishiga ishonchim komil va uning mamlakatlarimiz uchun foydali bo‘lishini tilayman» - degan ifodalarga o‘rin berdi.



















