TURKIYA
2 daqiqa o'qish
MRT rahbari Ibrahim Kalin G‘azo diplomatiyasi uchun Qohirada
Turk Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin G‘azo diplomatiyasi uchun Misr poytaxti Qohirada.
MRT rahbari Ibrahim Kalin G‘azo diplomatiyasi uchun Qohirada
_

Misr Tashqi Ishlar vazirligi bayonotiga kora Qohirada uchrashgan tomonlar ot ochishni toxtatish jarayoni muddatini uzaytirish va maydondagi boshi berk holatlarni bartaraf etish maqsadida yol xaritasi sifatida tavsiflangan loyiha ustida ishladi.

Muzokaralarda Turkiya nomidan Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) rahbari Ibrahim Kalın, shuningdek Misr va Qatardan yuqori martabali rasmiylar hamda falastinlik guruhlarning vakillari ishtirok etdi.

Tomonlarning jarayonni oldinga siljitishga qaratilgan baholashlari umuman olganda konstruktiv muhitda muhokama qilingani qayd etildi.

Muzokaralarda sulhning birinchi bosqichi boyicha majburiyatlarni yakunlash, insonparvarlik yordami olib kirilishini kopaytirish va hududda osoyishtalikni saqlashga qaratilgan choralar korib chiqildi.

Shuningdek, G‘azo boshqaruvi, qayta qurish jarayoni, xalqaro kuchlarni joylashtirish hamda sulhni amalga oshirish mexanizmlari ham yigilish kun tartibidan orin oldi.

Ot ochishni toxtatish togrisidagi kelishuv 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan bolib, uning birinchi bosqichida mahbuslar almashinuvi, insonparvarlik yordami hajmini oshirish va Isroil armiyasining ayrim hududlardan qisman chiqib ketishi kabi masalalar amalga oshirilgan edi. Falastin manbalari esa Isroil kelishuv doirasidagi majburiyatlarini toliq bajarmagani va hujumlar davom etayotganini ta’kidlamoqda.

Kelishuvning ikkinchi bosqichida G‘azo boshqaruvi, qayta tiklash ishlari, xalqaro kuchlarni joylashtirish, Isroil qoshinlarining chiqib ketishi hamda ayrim siyosiy va xavfsizlikka oid masalalarni korib chiqish rejalashtirilgan.

Falastinlik guruhlar va kafil davlatlarning vakillari sulhning ikkinchi bosqichiga oid muzokaralarni kecha Qohirada boshlagan edi.