Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarbayjonning G‘alaba kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Prezident Erdo‘g‘an o‘z bayonotida quyidagilarni ta’kidladi:
"Qorabog‘ 30 yillik ishg‘aldan ozod qilinganining 6 yilligini, do‘st va qardosh Ozarbayjonning G‘alaba kunini eng samimiy tuyg‘ularim bilan muborakbod etaman. Bu buyuk g‘alabani o‘z qoni va joni bilan ta’minlagan, Vatan yo‘lida jon fido qilgan barcha shahidlarimizni hurmat va ehtirom ila yod etaman."
8 Noyabr — G‘alaba kuni tarixi va ahamiyati
Ozarbayjon tarixiga oltin harflar bilan yozilgan 8 Noyabr sanasi mamlakatning hududiy yaxlitligi tiklangan, 30 yildan ortiq davom etgan Armaniston ishg‘agiga barham berilgan ulug‘vor kun sifatida nishonlanadi. 2020-yilgi 44 kunlik Vatan urushi natijasida qadimiy madaniy markaz va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Shusha shahrining ozod qilinishi urush taqdirini hal qilgan burilish nuqtasi bo‘lgan edi. Ozarbayjon xalqining birdamligi va qahramonligi evaziga qo‘lga kiritilgan bu zafar bugun butun turk dunyosida faxr va g‘urur bilan yod etilmoqda.























