Isroil ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilning Al-Xalil va Baytlahm shaharlarida falastinliklarga tegishli qariyb 183 sotix yerni musodara qilgani bildirildi.
Falastinning Ajratish (Sharmandalik) devori va yahudiy aholi punktlariga qarshi kurash hay’ati yozma bayonotida, Tel-Aviv ma’muriyati G‘arbiy Sohil janubidagi Al-Xalil va Baytlahm shaharlariga qarashli qishloqlarda 182,81 sotix yerni “davlat mulki” deb e’lon qilganini ma’lum qildi.
Bayonotda Isroil mintaqadagi noqonuniy aholi punktlariga rasmiy maqom berish va ularni kengaytirish doirasida falastinliklarning yerlarini musodara qilayotganiga e’tibor qaratildi. Isroil ushbu qadamlari bilan Falastin hududlarini parchalashda davom etayotgani va amalda anneksiyani joylarda majburan o‘rnatayotgani ta’kidlandi.
Isroil 2023-yil oktabr oyida G‘azo sektoriga hujum boshlaganidan buyon ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda ham falastinliklarga qarshi hibsga olishlar, reydlar va hujumlar ko‘paymoqda.























