G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil falastinlik yana ikki kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil armiyasi yaralangan tibbiy xodimga yordam bermoqchi bo‘lgan falastinlik bolani nishonga oldi va afsuski bolakay ham halok bo‘ldi.
Isroil  falastinlik yana ikki kishi umriga zomin bo‘ldi
_

Isroil armiyasi G‘azo shahrining shimoli - g‘arbidagi Shayx Ridvon mahallasiga qarshi uyushtirgan hujumda yaralangan bir kishiga yordam berishga harakat qilayotgan falastinlik bolani nishonga oldi.

Isroil armiyasining Shayx Ridvon mahallasiga qarshi uyushtirgan dastlabki havo hujumida bir tibbiy xodimi yaralandi.

Falastinlik 12 yoshli Muhammad az - Zanotiy, dastlabki hujumda yaralangan tibbiy xodimiga yordam berish uchun uning oldiga borgan paytda Isroil armiyasi ikkinchi hujumni amalga oshirdi.

Ketma - ket uyushtirilgan ikki hujum oqibatida falastinlik 12 yoshli bola va tibbiy xodimi Sharif Shodiy Labad halok bo‘ldi, ko‘plab falastinliklar yaralandi.

Az - Zanotiyning yaralangan falastinlik tibbiy xodimiga yordam berishga urinayotgan paytida Isroil armiyasi havo hujumi uyushtirgan lahzalarga oid videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va katta noroziliklarga sabab bo‘ldi.

O‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan sulhga qaramay G‘azo sektoriga hujumlar uyushtirishni davom ettirib, sulhni buzayotgan Isroil armiyasi avval ham ko‘p marotaba dastlabki hujumlarda yaralanganlarga yordam berishga harakat qilayotgan falastinliklarni ketma - ket uyushtirilgan hujumlari orqali nishonga olgani ma’lum.