Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eronni ham o‘z ichiga olgan urush davom etgudek bo‘lsa, Ko‘rfaz mamlakatlari choralar ko‘rishga majbur bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirilganini ma’lum qildi. U, to‘qnashuvning keng ko‘lamli mintaqaviy inqirozga aylanish xavfi tobora kuchayayotganini ta’kidladi.
Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarini qamrab olgan mintaqa safaridan qaytgach, Anqarada jurnalistlar bilan suhbatlashgan Fidan; Riyoddagi uchrashuvlar va boshqa diplomatik muloqotlar davomida rasmiylar urushning yana ikki - uch hafta davom etishi hamda xavf darajasining muntazam oshib borayotgani haqidagi ko‘z qarashlarini bildirganini ifoda etdi.
Fidanning so‘zlariga ko‘ra, Ko‘rfaz davlatlari boshidan beri o‘zlarining havo sohalari va harbiy bazalarining Eronga qarshi foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasliklari hamda urush tarafida emasliklarini qat’iy tarzda bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, bu davlatlar Eronni faqat harbiy nishonlarni emas, balki harbiy bo‘lmagan infratuzilma va iqtisodiy obyektlarni ham ataylab nishonga olayotganlikda ayblamoqda.
Urush cho‘zilishi mumkin
Hakan Fidan, AQSH va Isroil o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sezilarli darajada kuchaygani; bu esa to‘qnashuvlarning borishini keskin o‘zgartirishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.
«Isroil, AQSHga bosim o‘tkazishga va yaqin muddatda o‘t ochishni to‘xtatish yoki tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilishga harakat qiladi», — degan Tahqi Ishlar vaziri Fidan; AQSh bilan Isroilning dastlabki pozitsiyalari tobora farqlanib borayotgani haqidagi ko‘z qarashlar ko‘payib borayotganini o‘z so‘ziga ilova qildi.
Bu holat urushning yana da uzayishiga olib kelishi mumkinligini ifoda etgan Fidan; janglar davom etar ekan, muzokaralarning murakkab bo‘lishi ammo qisqa muddatli bir sulh muzokaralar uchun zamin yaratishi mumkinligini bildirdi.
Fidan: «Isroil, Eronga ko‘proq ziyon yetkazish uchun urushni imkon qadar cho‘zish siyosatini tanlashi mumkin», — degan holda muammoning yechimiga doir rejalar yetishmasligi ammo bunga qaraganda tinchlik irodasi ancha zaifligini qayd etdi.
Riyod uchrashuvlari — umumiy zamin izlash
Hakan Fidan, 19 - mart kuni Riyodda bo‘lib o‘tgan uchrashuv, urushdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir ko‘rayotgan mintaqa davlatlarini bir yerga to‘plaganini bildirdi.
Uchrashuvning maqsadi — mintaqa davlatlarining ko‘z qarashlarini o‘rganish va umumiy bir pozitsiya izlash bo‘lganini ifoda etgan Fidan, ishtirokchilar vaziyatning shoshilinch ekanini ta’kidlaganini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda asosan Eronning harakatlari muhokama qilingan biroq Turkiya Isroilning roliga doir xavotirlarning ham yakuniy bayonotga kiritilishini ta’minlagan. Xususan, Anqara Isroilning yoylish siyosati sifatida ko‘rayotgan yondashuvlarning urg‘ulanishini ta’kidlagan.
Urushdan keyingi muvozanat va Turkiyaning roli
Fidan, urush mintaqadagi kuch muvozanatini qayta shakllantirishi; Ko‘rfaz davlatlari mudofaa strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishi va Eron masalasida nima qilishlari kerakligini aniqlab olishlari mumkinligini bildirdi.
Uning aytishicha, urushdan so‘ng qulay shart - sharoitlar tug‘ilgudek bo‘lsa unda iqtisodiy hamkorlik masalasi kun tartibiga olib chiqilishi mumkin. Shuningdek, Eron ham AQShning Ko‘rfazdagi harbiy o‘rniga doir talablarini ilgari surishi ehtimoli bor.
Inqiroz jarayonida Turkiya pozitsiyasi mustahkam tus olganini ifoda etgan Hakan Fidan, Anqara boshidan beri aniq va ochiq - oydin munosabatda bo‘lganini ta’kidladi.
«Biz boshidan beri noaniq munosabatda bo‘lmadik. Hamma tomonlarga nimaning noto‘g‘ri ekanini ochiq aytdik», — dedi Fidan. Uning aytishicha, Turkiya ham Isroilning harbiy harakatlari hamda Eronning urushni kengaytirish sa’y - harakatlariga qarshi.
Fidan, Turkiya uzoq davom etadigan mintaqaviy urushni istamasligi va barcha diplomatik kanallar orqali to‘qnashuvni tugatish uchun harakat qilishda davom etishini qayd etdi.
















