TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an: Bugun energetika tariximizda yangi sahifa ochmoqdamiz
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: “Bugun energetika tariximizda mutlaqo yangi sahifa ochmoqdamiz. Suzuvchi sanoat korxonasi bo‘lgan «O’sman Gazi»ni xizmat joyi — Qora dengizga kuzatmoqdamiz”, dedi.
Prezident Erdo‘g‘an: Bugun energetika tariximizda yangi sahifa ochmoqdamiz
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Zonguldakdagi Filyos portida o‘tkazilgan “O’sman Gazi suzuvchi ishlab chiqarish platformasini kuzatish marosimi”ga yo‘llagan videomurojaatida davlat bayrog‘i ranglari bilan bezatilgan platformaning mamlakat va xalqqa xayrli xizmatlar qilishini Allohdan tilaganini aytdi.

Erdo‘g‘an 2024-yil iyul oyida Turkiyaga ilk suzuvchi ishlab chiqarish platformasini olib kelishlarini e’lon qilganini, o‘tgan yil may oyida esa “Osman Gazi” deb nomlangan platformani Dolmabahche saroyidan Filyosga kuzatganlarini eslatib, shunday dedi:

“Bugun esa energetika tariximizda mutlaqo yangi sahifa ochmoqdamiz. Suzuvchi sanoat korxonasi bo‘lgan «O’sman Gazi»ni xizmat joyi — Qora dengizga kuzatmoqdamiz. «O’sman Gazi» — Turkiya asri haqidagi qarashlarimizning dengizlardagi ifodasi bo‘lgan «Moviy Vatan»ning ilk zavodidir”.

Prezident Erdo‘g‘an “Osman Gazi” uzunligi 298,5 metr, eni 56 metr, chuqurligi 29,5 metr va 140 nafar xodimi bilan suzuvchi energetika qal’asi ekanini ta’kidlab, quyidagilarni bildirdi:

“Undagi 21 ta turli texnologik qurilma Sakarya gaz konidagi quduqlardan olinadigan gazni qayta ishlab, dengiz tubiga yotqizilgan quvurlar orqali Filyosga yuboradi. Shu tariqa Qora dengizdagi tabiiy gaz ishlab chiqarishimiz ikki baravar oshib, kuniga 20 million kub metrga yetadi. 2027-yil boshidan har uch xonadondan biri mahalliy tabiiy gazimizdan foydalanadi. Xayrli va muborak bo‘lsin. Kelajakni ko‘zlagan ushbu loyihaga mehnati singgan barcha hamkasblarimga minnatdorlik bildiraman, platformada xizmat qiladigan barcha xodimlarimizga muvaffaqiyat tilayman”.