IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Rossiya muzlatilgan aktivlarining musodara qilinishini urush sababi sifatida ko‘rishini bildirdi
Dmitriy Medvedev, kompensatsiya mexanizmi doirasida Belgiya hududida bloklangan Rossiya aktivlarini o‘g‘irlash tashabbusini «qizil chiziqdan oshish» deb baholadi.
Rossiya muzlatilgan aktivlarining musodara qilinishini urush sababi sifatida ko‘rishini bildirdi
_
4 декабр 2025

Rossiya bugun (04.12.2025) Yevropa ittifoqini keskin ogohlantirib, muzlatilgan aktivlarni musodara qilishga doir har qanday harakatni urush sababi sifatida ko‘rib chiqishi mumkinligini qayd etdi.

Rossiya platformasi MAXda e’lon qilingan bayonotga ko‘ra sobiq Rossiya Davlat rahbari va bugungi kundagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, kompensatsiya mexanizmi doirasida Belgiya hududida bloklangan Rossiya aktivlarini o‘g‘irlash tashabbusini «qizil chiziqdan oshish» deb baholadi.

Medvedevning aytishicha, bunday qadam o‘ziga xos turdagi urush sababi bo‘lishi mumkin. Eng yomoni, Bryussel bilan ayrim Yevropa ittifoqi davlatlariga qimmatga tushish ehtimoli bor.

Shuningdek, Medvedev, bunday vaziyatda nomi tilga olingan mablag‘lar huquqiy yo‘llar orqali emas; balki amaliy kompensatsiya sifatida, Rossiyaning mag‘lub qilingan dushmanlari tomonidan bir xil tarzda o‘ndirilishini bildirdi.

Belgiya taklifga qarshi chiqmoqda

Ushbu bayonotlar, Yevropa komissiyasi bilan ayrim a’zo davlatlar, muzlatilgan Rossiya Markaziy banki aktivlaridan Ukrainani tahdid qilayotgan moliyaviy inqirozni bartaraf etish va 162 milliard dollarlik kredit ajratish maqsadida foydalanish tashabbusi davomida bildirildi.

Muzlatilgan Rossiya aktivlarining ko‘pi (iyun holatiga ko‘ra taxminan 194 milliard yevro, ya’ni 226 milliard dollar) Belgiyada. Qolgan qismi esa Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya va Kanadada.

Belgiya, aktivlarning ko‘pini o‘zida saqlovchi Bryusselda joylashgan kliring kompaniyasi Euroclearning, Yevropa ittifoqining bu yo‘lda harakat qilishi va Rossiyaning qarorga qarshilik ko‘rsatishi natijasida sud jarayonlari yoki obro‘ yo‘qotish xavfi yuzaga kelishi mumkinligi borasidagi xavotirlarini ifoda etdi.