Isroil armiyasi sulhga qaramay, Livan janubidagi Hujayr vodiysiga havo hujumi uyushtirdi va Xiyom shaharchasini avtomatik qurollardan o‘qqa tutdi.
Livanning NNA rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari yarim tundan keyin Hujayr vodiysining Qantara yo‘nalishiga havo zarbasi berdi.
Isroil kuchlari, shuningdek, Xiyom shaharchasini avtomatik qurollardan o‘qqa tutdi.
Isroil armiyasi tunda mamlakat janubidagi Bint Jubayl tumaniga qarashli Hadasa shaharchasiga ham qurolli hujum uyushtirgan edi.
NNA xabariga ko‘ra, Isroil askarlari Hadasaning G‘arbiy mahallasiga avtomatik qurollardan o‘t ochgan.
Ayni paytda Isroil armiyasiga tegishli harbiy texnikalar shaharcha ichida harakatlangani ma’lum qilingan.
Isroilning Livandagi hujumlari
Isroil armiyasi 2-mart kuni Livanga qarshi keng ko‘lamli havo hujumlarini boshlab, mamlakat janubidagi ko‘plab shaharchalarni egallab olgan edi.
Livan hukumati ushbu jarayonda mamlakatda uy-joyini tark etishga majbur bo‘lganlar soni 1 milliondan oshganini ma’lum qilgan edi.
Livan va Isroil o‘rtasida 17-aprel kuni kuchga kirgan sulh muddati keyinchalik bir necha bor uzaytirilgan edi. Isroil armiyasi sulhga qaramay, 15-avgust kuni tongda Livanga havo hujumlari uyushtirgan edi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning 2-martdan buyon mamlakatga uyushtirgan hujumlarida 4 ming 346 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

















