DUNYO
2 daqiqa o'qish
Eron qo‘shni davlatlarga bergan va'dasidan qaytdi
Eron qo‘shni davlatlarga bergan va'dasidan qaytdi va Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilariga qarshi raketa va insonsiz havo transporti orqali hujumlar boshlatdi.
Eron qo‘shni davlatlarga bergan va'dasidan qaytdi
_
8 март 2026

Eron, avval, qo‘shni davlatlarga qarshi hujum uyushtirmasligini ma’lum qilishiga qaramay Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilariga qarshi raketa va insonsiz havo transporti orqali hujumlar boshlatdi.

Shanba kuni (07.03.2026) Qatar, Saudi Arabistoni, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklarida Eronga qarashli insonsiz havo transportlari va raketalar orqali bir necha hujum qayd etildi.

Eron sud hokimiyati sobiq rahbari, Tehronning dushmanlariga «yurtimizga qarshi uyushtirilgan hujumlarda foydalanilayotgan nuqtalarni taqdim etayotgan» mintaqadagi qo‘shnilarni nishonga olishda davom etishini bildirdi.

Gulam Husayin Muhsiniy Ejey mavzu haqida: «Eron Qurolli kuchlari taqdim etgan dalillar, mintaqadagi ayrim davlatlar hududini ochiq yoki yashirin tarzda dushman foydalanishi uchun ajratib berilayotganidan dalolat bermoqda» - dedi.

U shuningdek: «Davlat va tizimning boshqa institutlari, bu nishonlarga qarshi og‘ir zarbalar davom etishi borasida hamfikr», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan esa avvalroq qo‘shni mamlakatlarni nishonga olgan hujumlar yuzasidan uzr so‘rab, ularning hududi Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar uchun ajratib berilmaguncha, Eron vazminlik ko‘rsatishini ifoda etgan edi.

Biroq Pezeshkiyan keyinchalik «X» platformasi orqali bergan bayonotida, AQSh bilan Isroilning hujumlari davom etar ekan, Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar amalga oshirilayotgan mintaqaviy obyektlar Eronning mudofaa amaliyotlari uchun qonuniy nishon hisoblanishini ta’kidladi.

Fors ko‘rfazi davlatlari esa o‘z hududi Eronga qarshi hujumlarda foydalanilmaganini ifoda etdi va urush boshlanishidan oldin ham qo‘shnilariga qarshi bunday hujumlarga yo‘l qo‘ymasliklarini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Shunga qaramay Eron parlamenti raisi Muhammad Bakir Galibaf, mavzu haqida:
«Hududda Amerikaning harbiy bazalari bor ekan, mamlakatlar tinchlikni ko‘ra olmaydilar. Bu tamoyil borasida barcha rasmiylar va xalq birgadir» - dedi.