Rossiya havo mudofaa tizimlari kecha ertalab (01.11.2025) Moskva tomon uchib ketayotgan va Ukrainaga oid uchta insonsiz havo transportini urib tushirganini iddao etmoqda. Moskva meri Sergey Sobyanin Telegram kanali orqali mavzu haqida bergan bayonotida, urib tushirilgan va hozirda vayronaga aylangan insonsiz havo transportlari bo‘lakchalari o‘z o‘rnida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa janubiy hududlar va Qrim samolarida 3 soat ichida 38 ta insonsiz havo transportiga monelik qilib, foydalanishdan chiqarilganini bildirdi.
Ukrainaning maxsus topshiriqli kuchlari Pokrovskiyga joylashtirildi
Shu bilan birga Ukrainaning ikkita harbiy manbasi mahalliy OAVga bergan bayonotida, Kiyev bu hafta boshida to‘qnashuvlar avj olgan Pokrovsk shahriga maxsus kuchlarini joylashtirganini ma’lum qildi. Rossiya kuchlari bu shaharda Ukraina qo‘shinlarini qurshab olganini iddao etmoqda.
Maxsus Kuchlar qo‘mondonligi Ukraina harbiy razvedkasi raisi Kirilo Budanov kuzatuvida, Black Hawk vertolyoti orqali mintaqaga yetkazilgani va rus insonsiz havo transportlari tomonidan faol ravishda kuzatilgani bildirildi. Muhim transport markazi bo‘lgan Pokrovsk, Rossiyaning Donetsk mintaqasi nazoratini to‘liq qo‘lga kiritish sa’y - harakatlari yuzasidan jiddiy to‘qnashuvlarga sahna bo‘ldi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mavzu haqida kechasi bergan bayonotida, yuqorida nomi tilga olingan toqnashuvga to‘xtalgan holda: «Ishg‘olchini yo‘q qilishni davom etyapmiz. Eng muhimi, imkoni bo‘lgan har bir nuqtada rus hujumlariga monelik qilishdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.












